
O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan OKMK - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda nominal mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi.
Olmaliqliklarning yagona goli Xurshid G‘iyosov nomiga qayd etildi. "Sherlar" safida Dragan Cheran va Aziz Turg‘unboyev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Paxtakor" 15 ochko bilan 2-o‘ringa chiqib oldi. 10 ochkosi bor "konchilar" 7-pog‘onadan joy egallagan.
“OKMK” – “Paxtakor” 1:2
Gollar: 1:0 — 49 Xurshid G‘iyosov, 1:1 — 65 Dragan Cheran, 1:2 — 85 Aziz Turg‘unboyev.
“OKMK”: 25. Valijon Rahimov (1. Botirali Ergashev, 90), 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 8. Abdulla Abdullayev (19. Muhammadanas Hasanov, 90), 9. Ruben Sanches (88. Siyavash Haqnazariy, 80), 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov, 22. Shohruh Gadoyev (11. Irakli Ruhadze, 90), 27. Martin Boake (14. Mirjahon Mirahmadov, 80).
“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran, 17. Doston Hamdamov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Dilshod Saitov, 88. Shahzod Azmiddinov.
Ogohlantirishlar: Ruben Sanches (27), Shahzod Azmiddinov (34), Dragan Cheran (55), Muhammadqodir Hamraliyev (60).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar