23:42 / 24.04.2023
247

Timur Kapadze: "Belgilanmagan jarimalar uchun futbolchilar biroz asabiylashishdi"

Timur Kapadze: "Belgilanmagan jarimalar uchun futbolchilar biroz asabiylashishdi"

"Nasaf"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan (0:3) so'ng "Olimpik" ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Timur Kapadze: "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin oson bo'lmasligini bilardik. Biroq yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, hammasi reja bo'yicha ketayotgandi. Birinchi bo'limning oxirida "Nasaf" standartdan unumli foydalandi. Yaxshiyam Aliqulov bor ekan. Yigitlarga Husniddindan ehtiyot bo'lish kerakligini aytgan edik. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib, ishlashda davom etamiz.

- Jasur Jaloliddinov nega almashtirildi?

- Jamoamizning ko'plab vakillarida shamolllash alomatlari bor edi, shu sababli ushbu o'zgartirishga qo'l urdim.

- "Olimpik" O'zbekistonni kelajagi uchun yaratilgan jamoa. Biroq bugungi o'yinda "Olimpik" futbolchilari ko'proq asabiylashishdi, qo'pol harakat qilishdi.

- Qaysi epizodda bunday bo'ldi. Balki "Nasaf" muxlisi sifatida sizga shunday ko'ringandir. Menga esa unday tuyilmadi. Hakam ko'p joyda nohaqlik qildi. Birinchi va ikkinchi bo'limda berilishi kerak bo'lgan jarimalarni belgilanmadi. SHu sababli maydondagilar biroz asabiylashishdi. Hech kim yutqazgisi kelmaydi. Atayin qo'pol o'ynalgan vaziyatlarni ko'rmadim.

- O'yinni qaytadan ko'rib chiqsangiz ko'plab vaziyatlarda "Olimpik" futbolchialri qo'lini ishga soldi. Xalqaro arenada bu qimmatga tushishi mumkin.

- Sizni tushundim, qoida buzilsa hakamlar xushtak chalishadi. Albatta, uchrashuvni qaytadan ko'rib chiqamiz.

- O'yin oxirida Toirovga qizil kartochka ko'rsatildi. Bunga munosabatingiz?

- Futbolchimiz to'pga o'ynamoqchi edi, ammo ulgurmadi. Bu to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga tortarmidi, yo'qmidi, bilmadim... CHetlatish kelajakda bizning zararimizga ishlaydi.

- Bugungi bahsda ikkala gol ham bosh bilan urildi. "Olimpik" 7ta uchrashuvda 9ta gol o'tkazib yubordi. Bu himoya chizig'idagi muammolar sababmi?

- Biz standartlar ustida ishlashimiz kerak. Avvallari bunday bo'lmasdi. "Nasaf" nafaqat bizga, balki boshqalarga ham jarimalardan gol uryapti. Buni ustida ishlaymiz.

- "Olimpik"da "Paxtakor" ustidan qozongan g'alabadan so'ng o'sish bo'lishini kutgandik, ammo aksi bo'ldi...

- To'g'ri. "Paxtakor" bilan "dubllar" bahsida 3ta qizil kartochka oldik, keyin Jizzax bilan uchrashuvda chetlatish. SHu narsa bizni qiynab qo'ydi. Hali mavsum uzoq, o'yindan-o'yinga kuchayib boryapmiz. CHempionat biz uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Natija yaxshi bo'lishini xohlaymiz. Mavsum oxirida yuqorida bo'lamiz deb o'ylayman.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Belgilanmagan jarimalar uchun futbolchilar biroz asabiylashishdi"