date

Evro 2016: Rossiya oxirgi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Evro 2016: Rossiya oxirgi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Rossiya terma jamoasi Evropa chempionatining guruh bosqich doirasidagi ilk uchrashuvini Angliyaga qarshi o‘tkazdi. Marsel shahridagi «Velodrom» stadionida kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Rossiyaliklar birinchi bo‘limda to‘liq himoyalanishdi. «Sherlar» esa tinimsiz hujumlar uyushtirdi, lekin Igor Akinfeev bir necha marta jamoasini saqlab qoldi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Rossiya xavfli vaziyatlar yaratdi lekin bu vaziyatlar golga aylanmadi.

72 daqiqada Georgiy Щennikovning qoida buzishidan keyin belgilangan jarima zarbasini Erik Dayer golga aylantirdi.

O‘yin inglizlar g‘alabasi tomon ketayotgan pallada Vasiliy Berezuskiy o‘zini ko‘rsatdi va boshi bilan to‘pni darvozaning o‘zidan olisdagi burchagiga joylab qo‘ydi 1:1.

Ayni vaqtda V guruhida Uels terma jamoasi 3 ochko bilan peshqadam. Rossiya va Angliya bittadan ochkoga ega. Slovakiya oxirgi o‘rinda.

Angliya – Rossiya – 1:1
Gollar: Dayer, 73 (1:0); V. Berezuskiy, 90+2 (1:1).
Ogohlantirishlar: Kexill, 62 – Щennikov, 72.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evro 2016: Rossiya oxirgi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qoldi