
“Barselona” kelasi yoz transferlarsiz qolib ketishi mumkin. Sport nashrining ta’kidlashicha, La Liga rahbariyati kataloniyaliklarning transferlar bo‘yicha rejasini blokladi.
Bunga asosiy sabab, kataloniyaliklarning rejasi moliyaviy feyr-pley talablariga mos kelmaslik ekani aytilmoqda.
“Barselona” keyingi paytda asosan erkin agentga aylangan futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda. Xususan, kelayotgan yozda ular Lionel Messini qaytarish yo‘llarini qidirmoqda.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar “Manchester Siti” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Ilkay Kyundog‘an va “Atletik” bilan hamkorligi tugab borayotgan markaziy himoyachi Inigo Martinesni transfer qilishni reja qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar