22:44 / 02.05.2023
1 433

Bosh murabbiy: Shomurodovni ozod qilamiz!

Bosh murabbiy: Shomurodovni ozod qilamiz!
“Spetsiya” A Seriyaning 33-turida Bergamoda “Atalanta” mehmoni bo‘ladi. Har ikki jamoa mavsumda boshqa-boshqa maqsadlar uchun kurashmoqda. Bergamoliklar Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun “Roma”, “Milan”, “Inter” bilan kuchli raqobatga kirishgan.
 
Liguriyaliklarning vaziyati og‘ir. Jamoa quyi ligaga tushib ketishi mumkin. Xavfli zonada turgan uch jamoaning o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar va qoniqarli natijalar qayd etilmoqda. Leonardo Semplichi  shogirdlari ko‘p ochko yo‘qotishi ortidan raqobatchilar ochkolar orasidagi farqni birin-ketin yo‘qqa chiqarmoqda.
 
Demak, Bergamodagi bahsda har ikki jamoa faqat g‘alaba uchun o‘ynashga majbur.
 
“Spetsiya” bosh murabbiyi Leonarda Semplichi o‘yinoldi matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
“Monsa”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida
 
“Monsa”dan uchralgan mag‘lubiyat bizga musobaqa jadvalida katta muammolarni keltirib chiqardi. Lekin o‘sha bahsga ikki tomondan baho berish lozim: natija va o‘yin. Birinchisiga qarasak, muammo yetarli. Lekin o‘yinimiz ijobiy taassurot qoldirdi. Bu yaxshi o‘yin natijaga yetarli bo‘lmagan holat sifatida baholanishi kerak.
 
Yaxshi o‘ynab, maydonni quruq qo‘l bilan tark etish alamli. Shu bois, futbolchilarning ruhiy holatiga alohida e’tibor qaratishga to‘g‘ri keldi.
 
Boy berilgan vaziyatlar haqida
 
Ko‘p omillar haqiqiy salohiyatimizni ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqla. “Latsio” bilan o‘yinda ikkita shov-shuvli vaziyat yaratdik. “Sampdoriya”ga boy berilgan vaziyatlar tufayli yutqazdik. “Monsa” bilan to‘qnashuvda ham yaxshi vaziyatlarimiz bo‘ldi.
 
Qat’iyatli bo‘lishimiz kerak. Natijaga qaramay, avvalgi bahslardagi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz zarur. Uchrashuv hisobida zararimizga bo‘lgan vaziyatlarda ham hammaga bizni hurmat qilishni o‘rgatdik. Kuchli jamoaga qarshi o‘yin oldidan o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmasligimiz kerak.
 
Emmanuel Gyasi haqida
 
Gyasi biz uchun muhim o‘yinchi, jamoa sardori, A Seriyada “Spetsiya” safida yuzdan ortiq uchrashuv o‘tkazgan. Har bir futbolchida yaxshi va yomon vaziyatlar bo‘lishi tabiiy. Uni boy berilgan imkoniyatlar chun tanqid qilaverish adolatdan emas. O‘z navbatida, muxlislarni ham tushunishimiz kerak.
 
Viktor Kovalenkoning xatosi haqida
 
Futbolchilarning qulay imkoniyatdan foydalana olmasligi aslida normal holat.  Kovalenkoning birinchi xatosidan keyin muxlislar uni o‘yindan olishimizni talab qilib baqirgani yoqimsiz vaziyat. Chunki o‘yinchiga bu bosimni yengish qiyin hisoblanadi. Muhim uchrashuvlar vaqtida muxlislar uni qo‘llab-quvvatlashiga ishonaman. Ana shunday bo‘lsa, hamma maydonda o‘z so‘zini ayta oladi. Biz kamchiliklarimizni tuzatib, oldinga qadam tashlashni bilishimiz kerak.
 
Eldor Shomurodov haqida
 
Bosh murabbiy jamoadagi har bir vaziyatga baho beradi, lekin g‘alaba keltiradigan sxemalarimiz borligini tasdiqlay olmayman. Eldor Shomurodov ikkinchi hujumchi. Bo‘lajak o‘yinda futbolchilarimizni unga yaqinroq o‘ynatamiz. Eldorni raqib ta’qibidan ozod qilishimiz kerak.
 
Shomurodov biz uchun qimmatli futbolchi. Chunki u aqlli o‘yinchilar toifasiga kiradi. Biz o‘zbek legionerining darvozaga teskari turib o‘ynashiga barham berish yo‘llarini qidiryapmiz. U maydon ichkarisidan hujum uyushtirishi lozim.
 
Himoyalanishda boshqa futbolchilar va boshqa usullarini qo‘llashimiz kerak. Masalan, “Monsa” bilan bahsda Gyasi beshinchi himoyachi vazifasini bajardi. U bir necha rolni bajara oladi. Aynan mana shu yo‘l to‘g‘ri bo‘ladi.   
 
“Atalanta”ga qarshi o‘yin haqida
 
“Atalanta”ga qarshi bellashuvda ijobiy natida qayd etishimiz uchun juda tartibli, qat’iyatli, mardonavor o‘yin namoyish etishimizga to‘g‘ri keladi. Agar o‘yin tizginini ularga topshirib qo‘ysak, bizni ayab o‘tirishmaydi.
 
Bergamoda hujumkor va faol o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Jamoa xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Shogirdlarim o‘z salohiyati va mahoratini ko‘rsata olishiga umid qilaman. Zo‘r o‘ynashimiz shart.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bosh murabbiy: Shomurodovni ozod qilamiz!