13:00 / 03.05.2023
688

Jalolovga kuchli raqib tushdi yoxud Kunkabayev bilan to‘qnashuv qachon?

Jalolovga kuchli raqib tushdi yoxud Kunkabayev bilan to‘qnashuv qachon?
Bugungi kundagi eng kuchli o‘zbek bokschisi – Bahodir Jalolovning Toshkent shahri  mezbonlik qilayotgan jahon chempionatidagi janglarini ko‘plab muxlisu mutaxassislar alohida qiziqish bilan kutmoqda.
 
Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zbek bokschisi ishtirokini 1/16 finaldan boshlashi belgilangan. Jalolovning raqibi Bahrayn sharafini himoya qilayotgan asli rossiyalik Danis Latipov va turkmanistonlik Boqi To‘ychiyev o‘rtasidagi to‘qnashuvda aniqlandi.
 
Bu bahsda mahorat va tajriba bobida raqibidan ancha ustun bo‘lgan Danis Latipov g‘alaba qozondi. U raqibini ikkinchi raundda texnik nokaut bilan yengdi.
 
Bahodir Jalolov bo‘lajak raqibi bilan ilgari ikki marotaba to‘qnash kelgan. Birinchi jang 2020 yili Iordaniyada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi saralash turnirida kuzatilgan. Unda hamyurtimiz keskin va murosasiz o‘tgan jangda bahraynlik bokschini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
 
Keyingi bellashuv o‘tgan yilning dekabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan “IBA chempionlari kechasi” turniri doirasida bo‘ldi. Abu-Dabidagi besh raundlik to‘qnashuvda ham Bahodir Jalolov raqibidan ustunligini isbotladi.
Danis Latipov havaskor bokschilar o‘rtasidagi turnirlarda jami 20 marotaba g‘alaba qozongan va 17 marta mag‘lub bo‘lgan. Uning hisobida professional ringda o‘tkazilgan bitta muvaffaqiyatli jang ham bor.
 
Bahodir Jalolovning havaskor boksdagi ko‘rsatkichlari raqibidan ancha yaxshi. O‘zbek bokschisi 95 ta 95 ta g‘alaba va 15 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Bahodir barcha nufuzli turnirlar g‘olibi hisoblanadi. U 2019 yili jahon chempionati, bir yildan keyin Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi.
 
Osiyo chempionatida uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bahodir o‘zi ishtirok etgan xalqaro miqyosdagi final janglarining birortasida mag‘lubiyatga uchramagan.
 
Shuningdek, hamyurtimiz professional bokschilik faoliyatini ham davom ettirmoqda. Kuchli zarbaga ega charm qo‘lqop ustasi 12 ta professional jangning barchasida raqiblarini muddatidan oldin taslim qilgan.
 
Poytaxtimizdagi jahon chempionatida yana bir bokschining faoliyati boks ishqibozlari e’tiborida turibdi. Qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabayev ham ishtirokini 1/16 finaldan boshlaydi. U dastlabki jangini rossiyalik Aleksey Dronovga qarshi o‘tkazadi.
 
Kunkabayev faoliyati davomida Olimpiya o‘yinlari sovrindori, ikki marotaba jahon chempionati kumush medal sohibi, to‘rt bor Osiyo chempionati finalchisi bo‘lgan. Uning raqibi – Aleksey Dronov kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida ilk bor qatnashmoqda. 22 yoshli bokschi shu paytgacha asosiy sovrinlarni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda qo‘lga kiritgan.
 
Qo‘shimcha qilib aytish joizki, boks muxlislari Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev jangini jahon chempionatining yarim finalida ko‘rishi mumkin. Har ikki bokschi qur’a jadvaling yuqori qismidan joy olgan va oldindagi bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, final ostonasida to‘qnashadi.  
Bahodir Jalolovning jahon chempionatidagi ilk jangi vaqti aniq bo‘lishiga qo‘shimcha tarzda xabar beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jalolovga kuchli raqib tushdi yoxud Kunkabayev bilan to‘qnashuv qachon?