date
views 266

Messi har mavsum uchun 400 million yevrodan oladi

Messi har mavsum uchun 400 million yevrodan oladi
PSJ hujumchisi Lionel Messi jahon futbolida tarixida eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin. Buning uchun argentinalik yulduz Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga rozilik bersa bo‘ldi.
 
The Telegraph nashrining ayni paytda futbolchining otasi Xorxe Messi va “Manchester Siti”ning sobiq bosh direktori Harri Kuk  Saudiya Arabistoni  vakillari bilan muzokara o‘tkazmoqda.
 
Agar tomonlar bir to‘xtamga kela olsa, Messi “Al-Hilol” safiga ko‘chib o‘tadi va har mavsum uchun 400 million yevrodan maosh oladi.
 
PSJ yaqinda Messi bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi. “Barselona” esa argentinalik yulduzni transfer qilish yo‘lini topa olgani yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi har mavsum uchun 400 million yevrodan oladi