Toshkentda davom etayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatida muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turgan bokschilar Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev musobaqaga kirishishdan oldin uchrashdi.
Sir emas, o‘ta og‘ir vazn toifasida bir necha yildan beri davom etib kelayotgan o‘zbek va qozoq pahlavonlari raqobati ko‘pchilikning e’tiborini qozongan.
O‘zaro raqobat Kunkabayev g‘alabalari bilan boshlangan bo‘lsa-da, keyinchalik ustunlik Jalolov tomoniga o‘tdi.
Ayni paytda Bahodir hisobida beshta, Qamshibekda uchta g‘alaba bor.
Har ikki bokschi jahon chempionatidagi ishtirokini 4 may kuni boshlandi. Undan oldin ular o‘zaro uchrashdi. Uchrashuvga oid suratlarni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.
Ikki gigant bokschi o‘ta og‘ir vazn toifasidagi ishtirokini jahon chempionatining 1/16 finalidan boshlaydi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zbek bokschisi Bahrayn sharafini himoya qilayotgan asli rossiyalik Danis Latipov bilan to‘qnash keladi. Bahodir Jalolov bo‘lajak raqibi bilan ilgari ikki marotaba to‘qnash kelgan. Birinchi jang 2020 yili Iordaniyada o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi saralash turnirida kuzatilgan. Unda hamyurtimiz keskin va murosasiz o‘tgan jangda bahraynlik bokschini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Keyingi bellashuv o‘tgan yilning dekabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilgan “IBA chempionlari kechasi” turniri doirasida bo‘ldi. Abu-Dabidagi besh raundlik to‘qnashuvda ham Bahodir Jalolov raqibidan ustunligini isbotladi.
Qamshibek Kunkabayev Toshkentdagi birinchi jangini rossiyalik Aleksey Dronovga qarshi o‘tkazadi.
Jalolov ham, Kunkabayev ham jahon chempionatidagi ilk jangini o‘tkazish uchun bugun kechki payt – Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan keyin ringga ko‘tariladi.
Jahon chempionatining qur’a jadvaliga e’tibor qaratsak, Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan taqdirda yarim finalda o‘zaro to‘qnash kelishini ko‘rishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?