Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
-48 kg vazn toifasidagi Shodiyor Meliqo‘ziyev nepallik Rabin Tapa bilan kuch sinashdi. Jangda hamyurtimiz 5:0 hisobida raqibidan ustun keldi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Meliqo‘ziyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Jang juda chiroyli bo‘ldi. Muxlislarinng qo‘llab-quvvatlashini eshitib maza qildim. Jang davomida bu menga kuch-quvvat berdi.
Tomoshabinlar oldida iloji boricha chiroyli jang qilishga harakat qildim. Ringga tushishdan oldin o‘zimga bo‘lgan ishonch yuqori edi. O‘z yurtimizdagi musobaqada yutmaslikning iloji yo‘q. Hammaga katta rahmat. Ringga chiqishimdan oldin murabbiylarim ancha motivatsiya berishdi.
Keyingi jangim qozog‘istonlik bokschiga qarshi bo‘ladi. U bilan oldin yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida to‘qnash kelganmiz. Shunda ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchragandim. Inshaalloh yurtimizdagi chempionatda uni yutaman, deb umid qilaman, - dedi Shodiyor Meliqo‘ziyev.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi