
Toshkentdagi "Humo arena"dagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
+92 kg vaznlilar bahsida Bahodir Jalolov bahraynlik Danis Latipovga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda hamyurtimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Bahodir Jalolov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Dastlabki jang yaxshi o‘tdi. Endi bu birinchisi edi. Chempion bo‘lish uchun oldinda yana 4 ta g‘alabaga erishishimiz lozim. Muxlislar oldida yaxshi jang o‘tkazishga harakat qilyapmiz.
Jahon chempionatiga hamma yaxshi tayyorgarlik ko‘radi. Barcha chempion bo‘lish uchun keladi. Chunki bu eng yirik musobaqalardan biri. Danis Latipov ham yaxshi formada ekan. Lekin muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi.
Murabbiylarimiz bilan jangning boshidan oxirigacha harakat qilishni reja qilgandik. Shuning uchun oxirigacha jang kechdi. Shuncha muxlislarning kelishi katta yutuq, deb o‘ylayman, - dedi Bahodir Jalolov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar