Messi: terma jamoa yomon o‘ynasa, odamlar mening argentinalik ekanimga shubhalana boshlaydilar


Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi terma jamoa uchun Amerika kubogining ahamiyat haqida so‘zlab berdi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.
«Bu musobaqa Argentina uchun juda muhim. Biz so‘nggi ikki musobaqada yaxshi ishtirok etdik: JCh-2014 va Amerika kubogi-2015 finaliga qadar yetib bordik. Biroq har safar g‘alaba qozonish nasib etmadi.
Ba’zan odamlar mening argentinalik ekanimga shubhalana boshlaydilar, ayniqsa, terma jamoa yomon o‘ynayotgan paytda. Biroq men o‘z mamlakatimni juda yaxshi ko‘raman va qachondir u yerga qaytishga umid qilaman», – dedi Messi.































Izohlar 0
…