
PSJ hujumchisi Lionel Messi tez kunlarda klub bilan shartnomasini bekor qilishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi Transfer News Live hamda Le Parisien singari nufuzli manbalar.
Ma’lumotlarda aytilishicha, amaldagi jahon chempioni o‘n kun ichida klubni to‘liq tark etishni rejalashtirmoqda.
Messi Saudiya Arabistoniga borgani uchun unga ikki haftalik jazo qo‘llanib, jamoadan chetlashtirilganidan keyin mana shu qarorga kelgan.
Messining amaldagi shartnomasi 30 iyunda tugashi kerak edi. Argentinalik yulduzning kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Otasi Xorxe Messi ayni paytda Yevropa, Amerika va Osiyo klublari bilan muzokara o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
PSJLionel MessiShartnoma BekorJamoa ChetlashtirishTransfer NewsSaudiya Arabistoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar