
PSJ muxlislar assotsiatsiyasi prezidenti Neymarning klubni tark etishini yoqlab chiqdi.
"Messi PSJni tark etmoqchi va biz Neymarga aytmoqchimizki, u ham klubni tark etsa yaxshi bo‘lardi. Biz Neymarni xafa qilishni xohlamaymiz. U faoliyatini Parijdan uzoqda davom ettirishini istaymiz. Boshqa davrga o‘tmoqchimiz, kuboklar ko‘tarishni va yangi sahifa yozishni istaymiz", - dedi Romain Mabil.
Lekin ayni paytda Mabil braziliyalik hujumchining uyidagi harakatini qoraladi.
"Men nima bo‘lganini bilmayman. Bu bizning guruh harakati emas. Bu biz biroz oldin klub qarorgohida qilgan harakatimizni obro‘sizlantiradi. Bo‘lgan voqeadan afsusdaman”, — dedi muxlislar uyushmasi prezidenti.
PSJ MuxlislariNeymarning KetishiMabil PrezidentHujumchi HarakatiKlubni Tark EtishYangi Sahifa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar