date

Evro-2016, D guruhi. Ispaniya Chexiyani kichik hisobda engdi

Evro-2016, D guruhi. Ispaniya Chexiyani kichik hisobda engdi

Evro-2016 musobaqasining guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Ispaniya hamda Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.

Unda 1:0 hisobi qayd etilib, ispanlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinda yagona gol 87-daqiqada Pike tomonidan kiritildi. Umuman olganda, o‘yin tengkurashlar ostida o‘tdi va Del Boske shogirdalari dastlabki uch ochkoga ega bo‘lishdi.

Evro-2016, "D" guruhi
Ispaniya – Chexiya 1:0

Gol: 1:0 – 87 Pike.
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Xuanfran, Ramos, Inesta, Buskets, Silva, Fabregas (Alkantara, 70), Nolito (Pedro, 82), Morata (Aduris, 62).
Chexiya – Chex, Gubnik, Sivok, Limberski, Gebre Selassi (Shural, 86), Rosiski (Pavelka, 88), Plashil, Kreychi, Darida, Kaderjabek, Nesid (Lafata, 75).
Ogohlantirishlar: Limberski (61).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evro-2016, D guruhi. Ispaniya Chexiyani kichik hisobda engdi