Coca Cola Superligasining 9-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- O‘yin qiziqarli ruhda bo‘ldi. Biz g‘alabaga yaqinroq edik. Ikkala jamoa ham yaxshi harakat qildi. O‘yin kurashlarga boy bo‘ldi. Yo‘l qo‘ygan xatolarimiz ustida ishlaymiz.
- "Olimpik" birinchi bo‘limni yaxshi boshlab, gol ham urdi. Ikkinchi bo‘limda esa butkul o‘zgardi, zahiradan maydonga tushgan o‘yinchilar uchrashuv tempini pasaytirib yubordi.
- Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik. Hakam ba’zi vaziyatlarda yaxshi qaror chiqarsa bo‘lardi. Qaysidir vaziyatda raqib futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatsa bo‘lardi. Ikkinchi bo‘limda charchoq alomati sezildi. O‘zgarishlarni ertaroq qilishimiz kerak edi. Biroq vaziyatlar uchun kuch topa oldik. Raqibda ikki taymda ham vaziyat yuzaga keldi. Menimcha, durang o‘yinga mos bo‘ldi. Bunaqa o‘yin tempiga tushish qiyinchilik tug‘diradi. Ikkinchi bo‘limda qarshilik yetarlicha bo‘ldi.
- Jamoa so‘nggi 6 ta uchrashuvda 3 ta gol urdi. Bu jamoaning muammosimi?
- Mashg‘ulot jarayonlarida ushbu jihat ustida ish olib bormoqdamiz. Hujumchi bir nechta o‘yinda gol urmasa, o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotadi va gol urishga bir oz qiynaladi. Ushbu holatni to‘g‘rilaymiz va ushbu masalani hal qilish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Avvallari o‘yinlarda 2-3ta gol urardik. Hozir bu borada muammoga duch kelmoqdamiz.
- Ruslan Jiyanovning jismoniy holati haqida nima deya olasiz?
- Ha, muammo bor. Lekin men unga sovuqqonlik yetishmayotganini sezyapman. U taktik, texnik, jismoniy jihatdan ham kuchli futbolchi. Hali u o‘z holatini yaxshilashiga ishonaman. Bunday muammo butun hujum chizig‘idagi futbolchilarda mavjud.
- Futbolchilar "Bunyodkor" o‘yinchilari tomonidan "provokatsiya"ga uchrashi mumkin edi. Ushbu holat yuzasidan futbolchilar bilan o‘yin avvalida gaplashib olganmidingiz?
- Biz "Bunyodkor" jamoasi o‘yinini tahlil qilib chiqdik. Mavsum boshidanoq yigitlarimiz ko‘p qizil kartochkalar olishdi va yetarlicha xulosa chiqarishdi deb o‘ylayman. Bunday vaziyatlarda yigitlar o‘zini sovuqqon tutishi kerak. Birinchi navbatda, qizil kartochka futbolchilarga zarar, ular o‘yinni o‘tkazib yuboradi va jamoani og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Olimpiya terma jamoasiga jalb etiladigan futbolchilarga buni uqtirganman. Futbolchi o‘zini jilovlay olmasa, uni terma jamoaga chaqirmayman. Sababi, muhim o‘yinda u provokatsiyaga uchrab, maydondan chetlatilishi mumkin. Shogirdlarim bundan xabardor.
- "Olimpik" posbonidan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?
- Men o‘tkazib yuborilgan golni ko‘rmadim. Himoyachimiz o‘sha vaziyatda xato qildi, menimcha. Umuman olganda, bu normal holat. Hali shogirdlarim tajribaga ega bo‘lishi kerak. Ular rivojlanib bormoqda. Bizning vazifamiz ularga imkoniyat berish. Bugun rahbariyat va mehmonlar ham tashrif buyurgandi. Bunday bosim ostida o‘ynash oson emas.
Oqil Abdubarnoyev yozib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi