
Ayni damda davom etayotgan, "UFC 288" turnirining 2- markaziy jangi ham o‘zi yakuniga yetdi.
Unda yarim o‘rta (77,1 kg) vazn toifasi vakillari AQSH vakili Bilol Muhammad va braziliyalik Gilbert Byorns to‘qnash kelishdi. Chempionlik jangiga da’vogarlik maqomida kechgan ushbu jang to‘liq 5 raund davom etdi.
Butun jang mobaynida faolioq va aniqroq harakat qilgan Bilol Muhammad yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘olib deb topildi. Endi u chempion Leon Edvards bilan jang qilish imkoniyatini ham qo‘lga kiritdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar