Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun vakillarimizdan birinchi bo‘lib -51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov kubalik Romero Reyes Erislanga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz jangda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Hasanboy Do‘smatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- 2017 yilgi finalda kubalik boshqa raqibim bilan to‘qnash kelganman va o‘shanda yutgan jangimni unga berib yuborishgandi. Mana endi g‘alaba qozondim.
Qo‘rquv yo‘q, hayajon bo‘ladi. Romero Reyes bilan ikki uch marta mashg‘ulotlarni birga o‘tkazdik. Bu bizga foyda berdi. Romero Reyesni rasmiy jangda birinchi marta ko‘rib turibman. Lekin murabbiylarimiz qo‘llagan taktika tufayli zafar quchdim.
Kuchimiz nafaqat 3 raund, balki undan oshib ham qolyapti. O‘ylaymanki, ertangi jahon chempioniga qarshi jang ham yaxshi o‘tadi, - dedi Hasanboy Do‘smatov.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin