Boks. JCH-2023. Oybek Jo‘rayev ikkinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi

Boks. JCH-2023. Oybek Jo‘rayev ikkinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi
Boks. JCH-2023. Oybek Jo‘rayev ikkinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
 
54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘rayev albaniyalik Zeneli Ariol bilan ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qildi.
 
Oybek birinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi - 4:1.
 
Ikkinchi raundda ham hakamlar bir ovozdan Jo‘rayevning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
 
Hamyurtimizning oxirgi raundda ham qo‘li baland keldi - 3:2. Yakuniy hisob 5:0 Oybek Jo‘rayevning foydasiga.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar