Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev -67 kg vazn toifasida Samadurau Kirylga (Belarus) qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda Asadxo‘ja 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Mana ikkinchi jangimni o‘tkazdim. Bardavom bo‘lsin. Endi keyingi bosqichdagi kubalik raqibim bilan bundan ham yorqin jang o‘tkazishga harakat qilaman. Nasib qilsa, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘taramiz.
Jangda asosan qarshi hujumda ishlaganimning sababi raqibimning taktikasini o‘ziga qo‘lladim.
Avvalgi jahon chempionatdagi raqibim bilan revanshni juda xohlagandim. Albatta, bu jang bo‘ladi. Olimpiada uchun vaznimni -71 kilogrammga ko‘taraman.
Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi adrenalin beryapti, - dedi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin