756
Kubaliklarni faqat Do‘smatov yengdi, ruslarda “o‘g‘irlangan” g‘alaba, fransuzdan sensatsiya va qirg‘iz bokschi janjal ko‘tardi!
Toshkent ringlari mezbonlik qilayotgan kattalar o‘rtasidagi boks bo‘yicha jahon chempionatining to‘qqizinchi kungi bellashuvlari ham juda qizg‘in davom etmoqda. Bu gal ham bellashuvlarda kutilmagan natijalar, nokdaun va nokautlar, ziddiyatli vaziyatlar ro‘y berdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik boks muxlislari e’tiboriga jahon chempionatining to‘qqizinchi kunida ro‘y bergan eng esda qolarli vaziyatlar, g‘oliblikka da’vogar bo‘lgan eng kuchli terma jamoalar natijalarini havola etadi.
Bu gal Qozog‘iston terma jamoasining besh nafar bokschisi ringga chiqdi. Mahmud Sobirxon va Dulat Bekbauov o‘z vazn toifasida Hindiston vakillari – Sachin Sivach va Akash Sangvan bilan kuch sinashib, raqiblarini musobaqadan chiqarib yubordi.
Aslanbek Shimbergenov Isroildan kelgan Miroslav Kapuler-Ishchenkoni, Nurbek Oralbay esa, turkiyalik kuchli raqib - Kaan Aykutsunni mag‘lubiyatga uchratdi.
Qo‘shni mamlakat bokschilaridan Nurkanat Rayis braziliyalik Vanderley Pereyra qarshiligini yenga olmadi va jahon chempionatidagi yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Rossiya terma jamoasi vakillarida Imam Xatayevning chiqishi e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Dominikanlik Kristian Pinalesga qarshi jang yakunida hakamlar Imamning qo‘lini ko‘tardi. Lekin ko‘pchilik Pinalesning g‘alaba qozonganini ta’kidlamoqda. Yakkakurash sport turlarini yoritib kelayotgan Rossiyaning “neKARAte” yutub kanali mualliflari bu g‘alabani “Dominikanlik bokschidan g‘alabani “o‘g‘irlab” olishdi. Bu ahmoqona tarzda amalga oshirildi. Xatayev har bir raundni toza yutqazdi, lekin uning qo‘lini ko‘tarishdi”, deb izohladi.
Rus bokschilaridan Dmitriy Dvali yaponiyalik Syogo Tanakani, Tarxan Idigov ozarbayjonlik Nabi Iskandarovni, Igor Sviridchenkov turkmanistonlik Bayramdurdi Nurmuhammedovni yengdi. Pavel Sosulin esa fransiyalik Moreno Fendero sinovidan o‘ta olmadi.
Ruslarda ham qozoqlar singari to‘rtta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat.
Jahon chempionatida ilk bor O‘zbekiston va Kuba vakillari o‘zaro to‘qnash keldi. Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov Erislan Romeroni mag‘lubiyatga uchratib, o‘zining orzusi bo‘lgan jahon chempionligi sari yana bir dadil qadamni tashladi.
O‘zbekiston to‘qqizinchi kungi bahslarda yuz foizlik natija qayd etgan yagona terma jamoa bo‘ldi. Do‘smatovdan tashqari, Oybek Jo‘rayev albaniyalik Ariola Zenelini, A’loxon Abdullayev serbiyalik Almir Memichni mag‘lub etdi.
Xorijlik mutaxassislar tomonidan texnikasi yuqori baholanayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev belaruslik Kirill Samodurovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Yana bir vakilimiz – Saidjamshid Ja’farov keyingi bosqichga kurashsiz chiqdi. Uning raqibi – Puerto-Rikodan kelgan Gabriel Lyanos ringga chiqishdan bosh tortdi.
Kubaliklardan Erislan Romero Hasanboy Do‘smatovga imkoniyatni boy berganini yozdik.
Kubaning qolgan vakillari muxlislarni xushnud etdi. Yosvani Veytiya turkiyalik Enver Muzaffardan, ikki karra olimpiya chempioni Ronel Iglesias ekvadorlik Jankarlo Anchiko Minadan, Arlen Lopes vengriyalik Pal Kovachdan, Xorxe Kuelyar ekvadorlik Xose Rodrigesa, Yoenlis Ernandes esa mo‘g‘ulistonlik Otgonjargal Jargaldan ustun keldi.
Toshkent ringlarida yana bir sensatsion natija qayd etildi. Amaldagi jahon chempioni – yaponiyalik Sevon Okadzava fransiyalik Makan Traorega yutqazib qo‘ydi.
Shuningdek, Qirg‘iziston terma jamoasi bokschisi Omurbek Bekjigitov janjal ko‘targan vaziyatni ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Xorvatiyalik Gabriel Veochichga qarshi bahsda diskvalifikatsiya qilingan Omurbek raqibga qo‘l berishdan bosh tortdi. Ustiga-ustak hakamlarga nisbatan haqoratli harakatlarni ko‘rsatdi.
Xorvatiya boks ittifoqi Xalqaro boks uyushmasidan qirg‘izistonlik bokschiga nisbatan jiddiy chora ko‘rishni so‘rab, ariza berdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin