Saidjamshid Jafarov rossiyalik raqibini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi


Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.
-71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov rossiyalik Igor Sviridchenkovga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qildi.
Birinchi raundda hamyurtimizning qo‘li baland keldi - 5:0.
Ikkinchi raundda ham Saidjamshid raqibidan ustunlik qildi - 5:0.
Oxirgi raundda ham Saidjamshid Jafarov raqibini yengdi - 4:1. Yakuniy hisob 5:0. Vakilimiz yarim finalda.
Saidjamshid Jafarov ham kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…