Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining markaziy uchrashuvlaridan biri chorak final bosqichiga to‘g‘ri keldi.
O‘ta og‘ir vazn toifasida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Bahodir Jalolovning qozog‘istonlik Qamshibek Kunkabayevga qarshi o‘tkazgan jangi boks olami mutaxassislari va muxlislari e’tibor markazida bo‘lganini alohida ta’kidlash lozim.
Jangda o‘zbek bokschisi har tomonlama ustunlik qildi. Qozog‘iston terma jamoasi murabbiylari tanlagan taktika Jalolovga qarshi ish bermadi. Bahodir butun uchrashuv davomida nazorat va ustunlikni o‘z tomonida ushlab turdi. Hamyurtimiz bo‘y-bastidagi ustunlikdan unumli foydalanib, raqibining imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi.
Hozir ko‘plab ekspertlar ushbu jang tahlilini o‘tkazib, o‘z xulosalarini taqdim etmoqda. Jumladan, Rossiyaning “Boyevaya provinsiya” yutub kanali ham Jalolov va Kunkabayev jangini tahlili qildi. Bu kanal ekperti bokschilarning bo‘y-bastidagi farq kattaligiga e’tibor qaratdi.
- Menga jussasi katta va bo‘y-basti kichik jangchilar to‘qnashuvi yoqmaydi, buni halol to‘qnashuv, deb bo‘lmaydi. Jalolov raqibiga nisbatan bo‘yi ancha baland, jussasi katta va baquvvat.
Ularning jang olib borish usuli deyarli bir xil – masofani ushlab jang qiladi. Shunisi aniqki, masofadan turib jang qilganda o‘zbek bokschisi o‘zidan jismonan kichik bo‘lgan raqibidan ustunlik qiladi.
O‘ta og‘ir vazn toifasida bokschilarning tana o‘lchamlari juda katta rol o‘ynaydi, - deydi “Boyevaya provinsiya” yutub kanali muallifi.
Ta’kidlash lozimki, jahon chempionati chorak finalidagi jangda Bahodir Jalolov raqibini haqqoniy mag‘lubiyatga uchratganiga hech qanday shubha yo‘q. Kunkabayev jangdan keyin mag‘lubiyatini tan oldi. Bahodirning gavda tuzilishidagi ustunliklari janglarda unga qo‘l kelishi bor gap.
Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev 2015 yildan beri eng og‘ir vazn toifasida o‘zaro raqobatlashib keladi. Boshida ustunlik qozoq bokschisi tomonida bo‘lgan. Dastlabki to‘rtta jangdagi uchtasi Kunkabayev g‘alabasi bilan yakunlangan. O‘shanda ham ularning bo‘y-bastidagi farq hozirgidek edi. Biroq, mahorat va tajribasini muntazam oshirib kelayotgan o‘zbek bokschisi keyingi beshta jangning hammasida raqibidan ustun keldi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin