Yevro-2016da kichik sensatsiya. Portugaliya Islandiyani yenga olmadi

Yevro-2016da kichik sensatsiya. Portugaliya Islandiyani yenga olmadi
Evro-2016da kichik sensasiya. Portugaliya Islandiyani enga olmadi

Yevropa chempionati guruh bosqichi doirasida Portugaliya terma jamoasi Islandiyaga qarshi maydonga tushdi va kutilmaganda durang qayd etdi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.

Uchrashuvda portugaliyaliklar ustunlikka ega bo‘ldilar. Ammo himoyada o‘ynagan Islandiya ham bir qator vaziyatlarga ega bo‘ldi. Dastlab hisob birinchi bo‘limning 31-daqiqasida Nani tomonidan ochilgan edi. Ammo Portugaliya shundan so‘ng ustunlikni rivojlantira olmadi.

Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Byarnason kiritgan gol Islandiyaga bir ochko olib keldi. E’tiborli tomoni, Islandiya uchun bu Yevropa chempionatlaridagi dastlabki ochko bo‘ldi.

Yevropa chempionati
F guruhi
Portugaliya – Islandiya 1:1 (1:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 31 Nani, 1:1 – 50 Byarnason.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Vieyrinya, Pepe, Karvalyu, Gerreyru, Danilu Pereyra, Andre Gomesh (Eder, 84), Joau Mariu (Kuarejma, 76), Moutinyu (Sanshesh, 71), Nani, Ronaldu.
Islandiya – Xaldersson, Sevarsson, Sigurdsson, Arnason, Skulason, Gudmundsson (Byarnason, 90), Gunnarsson, Sigurdsson, Byarnason, Sigtorsson (Finnbogason, 81), Bedvarsson.
Ogohlantirishlar: Byarnason (55), Finnbogason (90).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar