O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida ilk marotaba o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini boks muxlislari qatorida ko‘plab xorijlik mutaxassislar, ekspertlar, jurnalistlar, tahlilchilar ham kuzatib bormoqda.
Jahon chempionatining chorak final bosqichi yakunlanib, 13 vazn toifasida chempionlik uchun kurashadigan bokschilar nomi aniqlandi.
Yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan janglar orasida eng e’tiborga molik to‘qnashuvlardan biri o‘ta og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev o‘rtasida bo‘ldi.
Rossiyaning “Match TV” telekanali jurnalisti Vasiliy Konov Sports.kz saytiga bergan intervyusida ushbu jang haqidagi fikr-mulohazalarini ham bildirib o‘tdi.
- Men Qamshibek Kunkabayevning Bahodir Jalolov bilan jangini rosa kutayotgandim. Bu to‘qnashuv jahon chempionatining bezagi, deb hisoblayman.
Afsuski, ular chempionatda bir-biriga ertaroq duch kelib qoldi. Har holda ular saviyasi jihatidan o‘z vaznida top-bokschilar sifatida tan olinadi.
To‘g‘risi, jang meni hayratga solgani yo‘q, uni juda tomoshabop bo‘ldi, deb ayta olmayman. Menimcha, jang tampi yuqori bo‘lmadi, lekin Bahodir Jalolov hamma narsani nazoratda ushlab turganini ko‘rishimiz mumkin.
Uning qozoq bokschisidan ustunligi hech qanday savol tug‘dirgani yo‘q, hakamlar ham barcha raundlarda o‘zbek sportchisi g‘alaba qozonganini bir ovozdan tasdiqladi.
Bahodir g‘alaba uchun nima kerak bo‘lsa, hammasini yetarli darajada amalga oshirdi, temni ko‘targani yo‘q.
Kunkabayev esa, Jalolovning himoyachisini ochadigan kalit topa olmadi va buning oqibatida raqibiga hech qanday muammo tug‘dirmadi.
- Qamshibek Kunkabayevning professional boksdagi kelajagi haqida nima deya olasan?
- Kunkabayevning zarbasi kuchli, zarba berish malakasi bor. Og‘ir vaznda trendda turgan bokschilarga e’tibor qaratsak, ularning hammasining bo‘yi 2 metrdan boshlanashi, ular katta, baland va ko‘p uradi.
Bu borada Kunkabayevning bo‘yi 190 santimetrni tashkil qiladi. Uning bo‘yi balanddek ko‘rinadi, lekin o‘ta og‘ir vazn toifasida bu ko‘rsatkich savol tug‘diryapti.
Hatto, Bahodir Jalolov bilan bo‘lgan jang misolida ham antropometriyadagi farq yaqqol ko‘zga tashlandi. Qamshibekka masofani qisqartirish qiyinchilik tug‘dirdi. Bahodir kerakli paytda klinch holatiga kirdi, Kunkabayevda esa, o‘z hujumlarini rivojlantirish imkoni bo‘lmadi. Bu xavotirli holat.
Bularni inobatga olmasa, Qamshibek tug‘ma og‘ir vaznli bokschi, yaxshigina zarbasi bor. O‘ylashimcha, u uchun hali hammasi oldinda.
Kelajakda Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayevning professional ringda 12 raundlik jangini ko‘rish ancha qiziq bo‘lardi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin