Italiya A Seriyasi ham hal qiluvchi pallaga kirdi. Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Spetsiya” chempionat yakunlanishiga to‘rt tur qolganida xavfli zonaga tushib qoldi.
Leonardo Semplichi shogirdlari so‘nggi o‘n oltita uchrashuvda faqat bir marta g‘alaba nashidasini surdi. Liguriyaliklar 10 mart kuni kutilmaganda “Inter”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qolgan uchrashuvlarning barida “Spetsiya” g‘alabadan quruq qolib, raqiblarga ochko ulashdi.
Xavfli zonadan ancha uzoqda turgan “Spetsiya” oxiriga kelib, quyi ligaga “yo‘llanma” beradigan 18-pog‘onaga tushdi. Eng yaqin ta’qibchi – “Verona” olti ochkolik farqni yo‘qotishdan tashqari, “Spetsiya”dan uch ochkoga o‘zib ketdi.
Endi Leonardo Semplichi shogirdlari qolgan to‘rtta uchrashuvda g‘alaba uchun o‘ynab, “Verona”ning ochko yo‘qotishini kutishga majbur.
A Seriyaning 35-turida “Spetsiya” futbolchilari “Milan”ni qabul qiladi. Milanliklar Yevropa Chempionlar ligasi uchun kurashmoqda va ularni ham Liguriyadagi bo‘lajak bahsda faqat g‘alaba qoniqtiradi.
Har ikki jamoani solishtirganda deyarli hamma Italiya grandlaridan hisoblangan “Milan”ning ustunligini ta’kidlashi tabiiy. Lekin statistikalardagi ko‘rsatkich jamoalar natijalari teng ekanidan dalolat bermoqda.
Bu jamoalar raqobati bir asrdan ham oldin, aniqrog‘i 1921 yilda boshlangan. Uch yil davomida A Seriya bahslarida “Spetsiya” milanliklarni uch marotaba mag‘lubiyatga uchratgan. “Milan” ikki marta g‘alaba nashidasini surgan va bitta bahs durang bilan yakunlangan.
Shu bilan “Spetsiya” quyi ligalarda yurdi. Jamoa 2020 yildan yana Italiya chempionati yuqori divizioniga qaytdi. Oradan yuz yil o‘tgan bo‘lsa ham, liguriyaliklar “Milan” bilan tengma-teng kurashyapti.
Yangi asrda bu jamoalar Italiya chempionati doirasida yana besh marta o‘zaro to‘qnash keldi. Endi ikki marta “Spetsiya” va uch bor “Milan” g‘alaba qozondi. Shu tariqa, A Seriyadagi 11 ta uchrashuvda har ikki tomondan beshtadan bahsni o‘z foydasiga hal qilgan va bir marta durang qayd etgani tarix sahifalarida muhrlangan.
Bo‘lajak o‘yin oldidan har ikki jamoada yo‘qotishlar bor. Leonardo Semplichi jarohat olib safdan chiqqan Daniel Maldini, Simone Bastoni, Emil Xolm va diskvalifikatsiyaga uchragan Kevin Agudelo yordamidan foydalana olmaydi.
Eng muhim yangilik esa, jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzolaning yana safga qaytgani va “Milan”ga qarshi o‘yinga tayyor holatga kelganidir.
“Milan” raqib maydonidagi o‘yinda asosiy to‘purari Rafael Leau va yetakchi yarim himoyachi Ismoil Bennaserdan foydalana olmaydi. Braziliyalik legioner Junior Messias va yarim himoyachi Rade Krunich ham milanlik uchun katta yo‘qotish hisoblanadi. Bu to‘rt futbolchi asosiy tarkib o‘yinchilaridir.
“Spetsiya” va “Milan” o‘rtasidagi uchrashuv 13 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi