Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro boks uyushmasi qaroriga ko‘ra, 13 vazn toifasidagi finallar ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga jahon chempionatining birinchi oltin medalini xalqaro ekspertlar tomonidan texnikasi mukammalligi bir necha bor e’tirof etilgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev keltirdi.
Og‘irligi 67 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi hal qiluvchi bellashuvda iste’dodli bokschimiz Qozog‘iston terma jamoasi vakili Dulat Bekbauov bilan kuch sinashdi va raqibini ochkolar hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdan keyin Dulat Bekbauov Qozog‘iston boks federatsiyasi matbuot xizmati va bir necha ommaviy axborot vositalari vakillariga final haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Hammaga assalomu alaykum. Shu bilan jahon chempionati yakunlandi. Allohga shukr, ikinchi o‘rinni egalladik.
Nima deyishim mumkin?
Mahalliy sportchiga qarshi ringga chiqdim va qo‘limdan kelgan hamma narsani qildim. Taktika jihatidan o‘zim noto‘g‘ri ishladim. Xudo nasib qilsa, kuchliroq bo‘lib qaytamiz, - dedi Bekbauov.
Jahon chempioniga aylangan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ham sports.uz saytiga bergan intervyusida yoshligidan orzu qilib kelayotgan cho‘qqini zabt etganini, navbatdagi maqsadi Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lish ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Toshkentdagi finalda Dulat Bekbauovdan mag‘lubiyat uchun revansh olganini ham aytdi:
- Dulat Bekbauvdan avvalgi Iordaniyada o‘tgan Osiyo chempionatining yarim finalida mag‘lub bo‘lgandim. Xatolar ustida ishlab, yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, bu gal g‘alabaga erishdik. Revansh jangda yutdim, - deydi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev.
Eslatib o‘tamiz, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev poytaxtimizdagi jahon chempionatini ikkinchi bosqichdan boshlab, dastlabki jangda yaponiyalik Yuto Vakitani mag‘lubiyatga uchratdi.
Hamyurtimiz nimchorakda belaruslik Kirill Samodurovga qarshi ringga chiqib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan keyingi to‘qnashuvda Asadxo‘jaga o‘ta kuchli raqib – kubalik ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi va jahon chempioni Ronel Iglesias ro‘baro‘ keldi.
Qiyin kechgan bahsda o‘zbek bokschisi tajribali raqibidan ustunligini ko‘rsata oldi. Bu natija jahon chempionatining sensatsiyalaridan bo‘ldi.
Nihoyat, yarim finalda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev mo‘g‘ulistonlik Misheyelt Battumurni mag‘lub etib, final uchrashuvida qatnashdi va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani to‘liq uddalab, jahon chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi