21:53 / 13.05.2023
305

Mashhur bokschi Rufat Risqiyevga IBA tomonidan umrbod moliyaviy yordam beriladi

Mashhur bokschi Rufat Risqiyevga IBA tomonidan umrbod moliyaviy yordam beriladi

Foto: IBA

Boks bo‘yicha birinchi jahon chempionlaridan biri, 1974 yilda Gavana (Kuba) shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi jahon chempionatida medalni qo‘lga kiritgan, 1976 yilgi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori, o‘zbek bokschisi Rufat Risqiyev Xalqaro boks assotsiatsiyasidan (IBA) umrbod moddiy yordam oladigan bo‘ldi.

13 may kuni IBA prezidenti Umar Kremlyov Toshkentda 73 yoshli bokschi bilan uchrashish uchun shifoxonaga bordi va unga chempionlik kamari bilan birga «G‘alabaga bo‘lgan iroda» mukofotini topshirdi.

«Biz boks oilamizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik qilamiz. Siz afsona va boks asoschilaridan birisiz. Siz tufayli yosh avlod ajoyib sportimiz bilan shug‘ullanmoqda. IBA prezidenti sifatida dunyo bo‘ylab boksni va ulkan oilamizning har bir a’zosini qo‘llab-quvvatlashni o‘z vazifam deb bilaman. IBA doirasida biz bokschilarimizga katta yordam beramiz, jumladan, moddiy yordam bilan. IBA – bu boks uyi, biz bir oilamiz», dedi Kremlyov.

O‘zA xabariga ko‘ra, Kremlyov IBA nomidan Risqiyevga 10 ming dollar miqdorida mukofot puli berdi. Shuningdek, har oy IBA tomonidan 1 ming dollar miqdorida rag‘batlantirib borilishi belgilandi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mashhur bokschi Rufat Risqiyevga IBA tomonidan umrbod moliyaviy yordam beriladi