Foto: “Paxtakor” matbuot xizmati
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 13 may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Paxtakor” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni Aziz Turg‘unboyev 45-daqiqada urdi. O‘yinning 77-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi Shahzod Azmiddinov qizil kartochka oldi. 90+12-daqiqada buxoroliklar futbolchisi Abbos Otaxonov penaltidan foydalana olmadi.
Mazkur g‘alabadan keyin “sherlar”ning ochkolari 21 taga yetdi va jamoa 1-o‘rinni egallab turibdi. “Buxoro” esa 7 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
“So‘g‘diyona” ham o‘z maydonida “Turon”ni qabul qildi. Jizzaxliklar futbolchisi Zenan Zaymovich uchrashuvning 57 va 76-daqiqalarida gol urib, dublga erishdi. Shu tariqa “So‘g‘diyona” ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “So‘g‘diyona”ning ochkolari 11 taga yetdi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Turon” esa 3 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
“Paxtakor” – “Buxoro” 1:0
Gol: 1:0 — 45 Aziz Turg‘unboyev.
“Paxtakor”: 35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 4. Doston Tursunov (77. Dilshod Saitov, 46), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Odiljon Hamrobekov, 8. Azizbek Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran, 17. Dostonbek Hamdamov (28. Diyor Xolmatov, 81), 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Farruh Sayfiyev, 88. Shahzod Azmiddinov
“Buxoro”: 20. Sardor Qobuljonov, 4. Mirjalol Jumayev (17. Jamoliddin Ubaydullayev, 46), 5. Dilshod Jo‘rayev, 15. Obid Jo‘raboyev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov (9. Aleksandr Kasyan, 46), 25. Abbosjon Otaxonov, 70. Aleksandar Stanislavlevich (10. Humoyunmirzo Iminov, 54), 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Vsevolod Nixayev, 91. Asiljon Begimqulov (16. Jasur Hasanov, 66), 99. Javohir Ro‘ziyev (77. Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, 46).
Ogohlantirishlar: Javohir Ro‘ziyev (1), Shahzod Azmiddinov (39), Doston Tursunov (43), Farruh Sayfiyev (59).
Chetlatish: Shahzod Azmiddinov (77).
“So‘g‘diyona” – “Turon” 2:0
Gollar: 1:0 — 57 Zenan Zaymovich, 2:0 — 76 Zenan Zaymovich.
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 6. Alisher Salimov, 8. Iskandar Shaykulov (12. Hislat Xalilov 82), 9. Zenan Zaymovich, 10. Javohir Qahramonov, 11. Jasur Hasanov (7. Serder Serderov 78), 15. Tarik Isich, 18. Mirjalol Abdumutalov, 22. Sanjar Shoahmedov (32. Nodirjon Soyibov 82), 28. Stanislav Andreyev (4. Elyor Orifov 68), 93. Marko Kolakovich.
“Turon”: 35. Rahimjon Davronov, 4. Asliddin Toshtemirov, 7. Azim Ahmedov, 15. Nikola Kumburovich, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (40. Ngu Abega Nyang 67), 18. Abdug‘ani Kamolov, 19. Sardor Abduraimov, 22. Dushan Stoilkovich (49. Zakariya Beglarishvili 46), 44. Anri Tchitchinadze, 77. Bilolxon Toshmirzayev (2. Abdulazizxon Abdurashidov 32’), 88. Milan Boyovich (10. Humoyun Murtozayev 46).
Ogohlantirishlar: Quvondiq Ro‘ziyev (7), Ngu Abega Nyang (89).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi