Saidjamshid Jafarov ham qozog‘istonlik bokschiga finalda yutqazdi


Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z poyoniga yetmoqda. Bugun ikkinchi kungi final janglari o‘tkazilmoqda.
-71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qildi.
Ilk raund Aslanbek foydasiga - 5:0.
Ikkinchi raundda Saidjamshidning ustunligi qayd etildi - 2:3.
Uchinchi raundda ham Aslanbekning qo‘li baland keldi - 5:0. Yakuniy hisob 5:0 qozog‘istonlik bokschi foydasiga.
Shu tariqa, Saidjamshid Jafarov jahon chempionatini kumush medal bilan yakunladi va 100 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi.































Izohlar 0
…