Tajribali mutaxassislarimizdan biri, bugungi kunda OKMK klubida faoliyat olib borayotgan muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan Muxtor Qurbonov O‘zbekiston milliy terma jamoamizning Osiyo Kubogiga tashlangan qur’asi va O‘zbekiston U20 terma jamoamizning bir necha kundan so‘ng Argentinada boshlanadigan jahon chempionatidagi imkoniyati haqida fikr bildirdi.
Milliy terma jamoamizning Osiyo Kubogidagi imkoniyati va joy olgan guruhi haqida
- Hozirgi zamonda qur’aga u qadar katta e’tibor ham qaratilmayapti. Chunki kim bo‘lishidan qat’iy nazar hamma raqiblar bilan futbol o‘ynash kerak. Nazarimda, barcha jamoalar futbol o‘ynashni o‘rganib olishgan. Oldinlari Hindiston yoki shunga o‘xshash boshqa mamlakat futboliga past nazar bilan qaralardi. Hozirgi paytda Hindiston ham futbol o‘ynashni o‘rganib olgan va boshqa past nazar bilan qaraladigan mamlakatlarda ham futbol o‘syapti. Albatta, Avstraliya oldindan yaxshi jamoa bo‘lib kelgan. Suriya terma jamoasi ham yomon o‘yin ko‘rsatmaydi.
- O‘ylaymanki, qur’a bizga ma’qulroq tushdi. Srechko Katanetsni milliy terma jamoamizni boshqarayotganiga ham ikki yilcha bo‘lib qoldi. Shuncha paytdan beri olib borayotgan ishining mevasini ko‘rishimiz kerak. Endi vaqti keldi, deb o‘ylayman. Guruhdan chiqish uchun asosiy da’vogarlar – terma jamoamiz bilan Avstraliya hisoblanadi. Avstraliya bilan ham o‘ynasa va yutsa bo‘ladi. Xudo xohlasa, guruhda 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqa olamiz. Ikkala termani guruhdan chiqadi, deb o‘ylayman.
Boshida aytib o‘tganimdek, hozirda barcha jamoalar futbol o‘ynashni o‘rganib olishgan. Baribir Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, Avstraliya, Eron – barchasi chempionlikka da’vogarlar hisoblanadilar. Jamoamiz yaxshi natija ko‘rsata oladi, deb umid qilyapman. Qishda bo‘ladigan Osiyo Kubogida terma jamoamiz albatta o‘zini ko‘rsatadi. Hozirgi jamoaning o‘zaro shug‘ullanayotganiga ancha bo‘ldi. Tarkibda bir-ikkita nomlar paydo bo‘lishi mumkin, ammo tarkib o‘zagi o‘sha-o‘sha. Yillar mobaynida birgalikda harakat qilishyapti. Osiyo Kubogida natijamiz ijobiy bo‘ladi, deb umid qilaman.
O‘zbekiston U20 termamizning mundialdagi imkoniyati va joy olgan guruhi to‘g‘risida
- Yoshlar terma jamoamizni o‘zimizdagi Osiyo chempionatida nimaga qodirligini ko‘rdik. Umid qilamanki, U20 terma jamoamiz mundialda o‘zini ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, o‘rtoqlik uchrashuvida Urugvayga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi va qaysidir jabhalarda ulardan kuchsizroq o‘ynagan bo‘lishimiz mumkin. Lekin bu o‘yin biz uchun foydali. Argentina ham Urugvaydan qolishmaydi. Ravshan Haydarov bilan gaplashganimda Argentina tezkor va tajovuzkor futbol o‘ynaydi, deb biroz ta’rif berib o‘tgandi. Biznikilar ham hech kimdan qolishmaydi. Terma jamoamizning potensiali yuqori.
- Futbolda bitta narsa borki, o‘yin kuniga kimning qanday tayyorligiga ko‘p narsa bog‘liq. Argentina bilan uchrashuv 20 may kuni bo‘ladi. Ushbu sanaga futbolchilarning ruhiy holati qanday bo‘lishi muhim. Agar yutqazib qo‘ysa, bu fojea bo‘ladi, degan narsalarni umuman o‘ylamaslik lozim. O‘sha kuni yigitlarimiz ruhiy jihatdan to‘liq tayyorlanib chiqishsa, Argentina bilan ham, Braziliya bilan ham o‘ynasa bo‘ladi. Yoshlarimiz guruhdan chiqa oladi va yaxshi natija ko‘rsata oladi.
Guruhga bemalol deb ta’rif berib bo‘lmaydi. Argentina bilan O‘zbekiston 1- va 2-o‘rinlar bilan chiqsa kerak. Yangi Zelandiya bilan ancha oldingi mundialda o‘ynashgan, undan keyin bir qancha vaqt o‘tdi. Gvatemalani ham yuta olamiz. Asosiy raqib Argentina va dastlabki ikki o‘rin uchun biz bilan mezbonlar talashadi.
Jahon chempionatida imkoniyatimiz yaxshi. Kuchli to‘rttalikka harakat qila olamiz. Yarim finalgacha yetib borishga qodirmiz. Asosiysi, futbolchilarimiz o‘zlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, g‘alabali o‘yinlarini davom ettirishlari kerak. Shu ruhda ketsak, oxirigacha kurashsa bo‘ladi.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi