476
Jalolov unga kattalik qilmoqda. Bahodirga yutqazayotgan Kunkabayev vaznini o‘zgartiradimi?
Zamonaviy boksning eng prinsipial raqobatlaridan biri Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev o‘rtasidagi janglar hisoblanadi.
O‘ta og‘ir vazn toifasidagi musobaqalarda ishtirok etib kelayotgan bu ikki bokschining raqobati 2015 yildan boshlangan.
Odatda, o‘zbek va qozoq bokschilari to‘qnashuvi har doim muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turadi va unga “el-klasiko”, deb nom berilishi ham bejiz emas.
Yaqinda Toshkentda dunyoning 107 mamlakati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati chorak finalida Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev o‘zaro to‘qqizinchi jangini o‘tkazdi. Unda ochkolar hisobida o‘zbek bokschisi g‘alaba qozondi.
Jalolov va Kunkabayev raqobatidagi umumiy natijaga ko‘ra, hamyurtimiz 6:3 hisobida ustunlik qilmoqda. Bahodirning g‘alabali seriyasi beshta uchrashuvga yetdi.
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov “Qazaqstan” telekanaliga bergan intervyusida jahon chempionatidagi ayrim holatlar haqida gapirib berdi. Tajribali mutaxassis Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev raqobatiga ham to‘xtaldi.
Mag‘lubiyatlar haqida
Birinchi navbatda, jahon chempionatiga hech kim yutqazaman, deb bormaydi. 13 nafar bokschining bari puxta tayyorgarlik bilan borgan. Har biri haqida gapirsak, vaqt ko‘p ketadi. Lekin kimgadir g‘alaba uchun ozgina harakat yetishmadi, kimningdir omadi kelmadi, ba’zilariga qur’a noqulay keldi.
Qamshibek Kunkabayev hech bo‘lmaganda finalga chiqib, kumush medal olishi mumkin edi. Chunki u o‘ta og‘ir vaznda dunyoda eng zo‘rlaridan. Lekin qur’aning ko‘zi ko‘r – Bahodir Jalolovga chorak finalda to‘qnash keldi. Shunday bo‘lmaganida, medal bilan qaytishi kerak edi. Omadi kelmagan yana bir bokschi – Saken Bibosinov.
Umuman olganda, besh nafar yigitimiz medal jamg‘ardi, to‘rttasi oltin. Bu katta natija. Avval to‘rtta oltinni 2013 yili Almatida qo‘lga kiritganmiz. Buni kimlardir o‘z uyimizda bo‘lgani bilan bog‘lagandi, endi butun dunyoga qozoq boksi qudratini ko‘rsata oldik.
Jalolov va Kunkabayev haqida
Ayrim muxlislar Kunkabayev vazn toifasini o‘zgartirishi kerak, chunki raqibi Bahodir Jalolovning bo‘yi juda baland va vazni og‘ir, deyishmoqda.
Fanatlarga shunisi uchun ham rahmat. Ular rahmi kelganidan shunday degandir, lekin men mutaxassis sifatida boshqa tomonini aytaman. Bo‘y-bast va vaznga qarash kerak emas. Vazn tashlashning o‘zi juda og‘ir jarayon. Shuning uchun ham Qamshibek o‘z vaznida qoladi, ustida ishlashda davom etadi va kelajakda revansh olishga harakat qiladi.
To‘lqin Qilichev sovg‘asi haqida
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev jahon chempionatida qozog‘istonlik hamkasbiga sovg‘a topshirdi. Mirzagali Aytjanov buni o‘zaro hurmatga bog‘ladi.
- Bu birinchi kungi finallardan keyin bo‘ldi. Men ham ularni tabrikladim. Ular ham bizga hurmat ko‘rsatishdi. To‘lqin Qilichev yosh bo‘lishiga qaramay, dunyoning eng zo‘r murabbiylaridan biri hisoblanadi. Oldin u shogirdimiz bo‘lgan, deyishimiz ham mumkin, - dedi Mirzagali Aytjanov.
Toshkent shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi beshta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Qozog‘iston terma jamoasi vakillari esa, to‘rtta oltin va bitta kumush medal, jamg‘arib jahon chempionatini faxrli ikkinchi o‘rinda yakunladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi