“Navbahor” – “Andijon” (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
- Samvel Vyacheslavovich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv borasida to‘xtalib o‘tsangiz.
- Kubok o‘yinlari har bir jamoa uchun muammo yaratadi, bu Superligami yoki birinchi liga jamoasi bo‘ladimi, toifaga ajratilmaydi. Bu ham doim qiziq. Bugungi raqibimiz bilan haqiqiy derbi, xaqiqiy qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Statistikamiz Kubokda o‘yinida “Andijon” bilan yaxshi emasdi. Lekin Xudoga shukr, g‘alaba qozondik. Bitta to‘p kiritdik, maydonda kichik muammolar yuzaga keldi. Maqsadimizga erishdik, tabriklayman. Biz pley-off masalasini hal qildik, muxlislarimizni tabriklayman. Yigitlarga rahmat aytaman, tig‘iz taqvim paytidan kelib chiqib, maksimal harakatlanishdi va jamoamiz xarakter ko‘rsata oldi. Ishlashda davom etamiz. Xatolarimizni o‘rganib, tahlil qilamiz. Keyingi o‘yinlarda yanada ishonchliroq o‘ynashga umid qilaman.
- “Navbahor” bu mavsumda hali o‘z maydonida gol o‘tkazmadi. Navbatdagi o‘yinda Davron Hoshimov maydonga tushadimi?
- Bugungi kunda bu ko‘rsatkich bo‘yicha musobaqada yetakchilik qilyapmiz. Jamoa tashkil qilayotganimizda ko‘plab futbolchilar kelishgan, o‘tgan mavsumdagi himoyachilardan faqat Golban qolgan. Himoyada ishonchli harakat qilyapmiz. Umid qilamanki, shunday davom etamiz. Asosiy maqsadimiz himoyada bexato o‘ynash edi, bunga erishyapmiz. Davron Hoshimovning sog‘ligida muammo bor. Lekin u qadar jiddiy emas. Hozir umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarda shug‘ullanmoqda. Uni tez orada maydonda ko‘ramiz, deb o‘ylayman.
- “Navbahor”ning g‘alabasidan klub xodimlarni unchalik mamnun emasdek. Ular g‘alabaga ko‘nikib qolishganmi yoki...
- G‘alaba qozonmoq bu yaxshi tarixga aylanadi. Ular doim g‘alabaga o‘rganib qolishgan, oddiy qabul qilishmoqda. Aslida g‘alaba qozonish oson bo‘lmayapti. Har bir jamoa Namanganda himoyada 200 foiz tartibli harakatlanmoqda. Buni o‘tgan safar “Surxon” bilan o‘yinda ko‘rdik, bugun ham har bir chiziqda kurash kechdi, g‘alaba qozonish qiyin bo‘lmoqda. Chempionat qiziqarli o‘tmoqda. Umid qilamanki, barcha jamoalar so‘nggi turgacha shunday tarzda o‘ynashsa chempionatimiz saviyasi oshadi. Jamoada faoliyat olib borayotgan futbolchi bo‘ladimi, murabbiylar shtabimi yoki rahbariyatmi, asosiy maqsadimiz muxlislarni xursand qilish. Shu yo‘lda ishlamoqdamiz.
- Luka Chermelning zaxiraga olinishining sababi nimada?
- Tanaffusda unda muammo bor edi, jarohat oldi. Maydondagi harakatlarida jarohat sezdirdi va uni almashtirdik. To‘g‘ri qaror bo‘ldi, maydonga tushgan o‘yinchi gol kiritdi.
- Jamoa hujumchilari kam gol uryapti. Gollarni ko‘pincha yarim himoyachilar kiritishyapti. Bu borada nima deysiz?
- Statistikaga qarang, biz nechta to‘p kiritdik va kimlar kiritdi? Yarim jamoa to‘p kiritdi. Har bir futbolchi maydonga gol urish uchun tushadi. Bu yaxshimi yoki yomonmi? Menimcha, bu yaxshi. Bugun futbolda universalizatsiya tushunchasi mavjud. Bir nechta hujumchi bilan o‘ynayapmiz. Hujumchilar nechta uradi, deb o‘ylash xato. Bugungi tushgan ikki nominal hujumchilar boshqa vazifani bajarishdi. Misol uchun Temurxo‘ja ko‘proq orqada o‘ynadi, avvaliga markazda, keyin ikkinchi hujumchi bo‘lib o‘ynadi. “Navbahor”ning harakatlari hujumchilar soni bilan bog‘liq emas. Shuning uchun bizda hamma gol urmoqda, bu yaxshi ko‘rsatkich.
- Jamoaga transfer ta’qiqi qo‘yildi. Buni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyaptimi?
- Ha, bu vaqtinchalik holat bo‘yicha klub ish olib bormoqda. Tezlikda bu vazifani hal qiladi, bunday vaziyat sodir bo‘lmaydi.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi