Boks. Mutlaq chempion Devin Heyni ukrainalik Lomachenkoni mag‘lub etib, kamarlarini himoya qildi


Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Devin Heyni (30-0, 15 KO) va sobiq chempion Vasiliy Lomachenko (17-3, 11 KO) o‘rtasida kechdi.
Jangning birinchi raundi teng kurashlar ostida o‘tdi va amerikalik bokschi bir oz faolroq bo‘ldi. Keyingi ikki raundda Lomachenko ustunlik qayd etdi. Jangning o‘rta qismida Heyni ko‘proq raundlarni o‘z foydasiga hal qila oldi. 10 va 11-raundlar ukrainalik bokschining katta ustunligi ostida o‘tdi. So‘nggi raundda yana Devin faollik namoyish qildi.
Yakunda hakamlar bir ovozdan Devinning g‘alabasini qayd etdi — 116:112, 115:113, 115:113.
Shu tariqa Heyni g‘alabali seriyasini davom ettirgan holda o‘ziga tegishli WBA Super, WBC, IBF va WBO kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…