“Spetsiya” A Seriya bahslari yakunlanishi ikki tur qolganida xavfli hududdan chiqib oldi. Bunga Leonardo Sempchili shogirdlari oxirgi ikki bahsda “Milan”ni mag‘lub etib, “Lechche” maydonidan durang bilan qaytgani sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, “Spetsiya”dan pastda – xavfli zonada turgan “Verona”, “Kremoneze” va “Sampdoriya” 36-turda kuchli raqiblar – mos ravishda “Atalanta”, “Bolonya” va “Milan”ga to‘qnash kelib, imkoniyatni boy bergani ham liguriyaliklarga qo‘l keldi.
“Spetsiya” ikki ochko farqi bilan o‘zidan bir pog‘onada yuqorida turgan “Lechche”ni yengish orqali mavsum oxirida xotirjamlikni ta’minlashi mumkin edi. Biroq, Leonardo Semplichi hujumkor taktika tanlaganiga qaramay, shogirdlari mezbonlarni yenga olmadi.
Murabbiylar shtabi bu gal Eldor Shomurodovni ilk daqiqalardan o‘ynatdi. Hamyurtimizning “Lechche”ga qarshi o‘yini mutaxassislar tomonidan yetarlicha tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Bu bahsda ham Eldor Shomurodov qulay vaziyatda zarba bermasdan, vaziyatni barbod qilgan holat bo‘ldi.
Leonardo Semplichi o‘yindan keyin fikr-mulohazalarini bildirib, bu vaziyatga o‘z munosabatini aytib o‘tdi.
- Oxir-oqibat qo‘lga kiritilgan bir ochkoning qadri juda yuqori bo‘ladi, deb o‘ylayman. Kelajakka umid beradigan o‘yin guvohi bo‘ldik. Bizga ayrim narsalar yetishmayapti. Yetarli darajada ko‘p golli vaziyatlar yarata olmayapmizmi, demak kam sonli holatlardan unumli foydalana olish talab qilinadi.
Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada yutqazib qo‘yish xavfi xavotirga solayotgani ko‘rinib qoldi. Gol bo‘lmasa-da, jamoa birdamlik bilan harakat qildi va professional darajada ishladi. Lekin g‘alaba uchun hech narsa qila olmadik.
Maydonda ekansan, to‘g‘ri qarorga kelish juda qiyin. Men shogirdlarimga doim shu gapni takrorlayman: “Gol urish uchun darvozaga zarba berish kerak”. Hujumchi xato qilishdan qo‘rqmasdan, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olib, to‘pni darvozaga tepishi kerak. Bu Eldor Shomurodovga tegishli. Mbala Nzola va Daniele Verdega ham shu gap.
Bundan buyog‘iga bizni qutqaradigan ochkolarni olishimiz kerak. Taqvim juda murakkab. Biroq, jamoam aynan qiyin vaziyatlarda o‘zini ko‘rsata oldi. “Inter” va “Milan”ga qarshi o‘yinlar tahlili shuni ko‘rsatdi.
Endi kerakli ochkolarni olishimiz shart. Chunki yana taqdirimizni o‘zimiz hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik, - dedi Leonardo Semplichi.
Asli “Roma”ga tegishli bo‘lgan Eldor Shomurodov qishki transferlar davrida ijara asosida “Spetsiya”ga ko‘chib o‘tgandi. O‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun kelgan legionerimiz autsayder jamoada ham muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushayotgani yo‘q.
27 yoshli mashhur futbolchimiz “Spetsiya” safida A Seriyada 13 da uchrashuvda maydonga tushdi va atigi bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi