493
Mirjalol Qosimov: "Yaypanda avtobus ishlab chiqarilmaydi, to‘g‘rimi? O‘yin boshlanmasidanoq "Turon" juda zo‘r avtobus qo‘ydi"
Coca Cola Superligasining 11-turi doirasidagi "Turon" - OKMK uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
- Bugungi o‘yinda ikki ochko yo‘qotdik. O‘yin davomida uchrashuv tizgini bizning nazoratimizda edi. Penalti va qizil kartochkaga qaramasdan harakat qildik, ammo gol ura olmadik. Bir ochko nasib qilgan ekan, shunga ham shukur. Olmaliqdan kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. O‘yin muxlislarga yoqdi.
- Boake birinchi taymda unchalik ham o‘ynolmadi. Shu holatda Ruben Sanchesni maydonga tushirsangiz bo‘lmasmidi...
- O‘yindan keyin har xil taklif berish mumkin. Bu eng osoni. Yaypanda avtobus ishlab chiqarilmaydi, to‘g‘rimi? O‘yin boshlanishi bilanoq "Turon" juda zo‘r avtobus qo‘ydi. Birinchi bo‘limga ikki daqiqa qo‘shib berdi. Bu adolatdanmi? Biz bu yerga futbol o‘ynagani kelganmiz. Muxlislar esa tomosha qilgani. Biroq, birinchi daqiqalardanoq himoyaga yotib olish bizga to‘g‘ri kelmaydigan ish. Bu nolish emas. Darvozabon ikki marta yotib olgan bo‘lsa, bunga besh daqiqa ketdi. "Turon" juda zich himoyalandi. Shu sabab ham Boake birinchi bo‘limda ko‘rinmadi. Hisob 1:0 paytida gol urganimizda bu hamma savolga javob bo‘lardi.
- Komilov va Denisovning o‘rin almashishi sizningcha qay darajada o‘zini oqladi?
- Har qanaqa vaziyat bo‘ladi. Kimningdir o‘yini qovushmasligi bu inson faktori. Akromda qandaydir hayajon bo‘ldi. Hozir kimdir yomon o‘ynadi deya olmayman. Bizning jamoada hamma yutadi, hamma yutqazadi.
- Biz Mirjalol Qosimovning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lganmiz. Jarima zarbalari yo‘llayotgan paytingiz gol bo‘lishiga deyarli shubha qilmasdik. O‘zbek futbolidagi yoshlar orasi o‘zingizga munosib izdosh ko‘rmoqdamisiz?
- Masalan, Jaloliddinov yaxshi tepadi. Bor bunday o‘yinchilar. Chiqsin bunday o‘yinchilar. Bu shaxsiy narsa emas, bu millat yuzi. Bizdan ham kuchli futbolchi bo‘lishlarini tilab qolamiz.
- Mirjalol aka, siz Sobiq Ittifoq termasida o‘ynagansiz. Argentinada boshlangan Jahon chempionatida terma jamoamiz imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- To‘g‘risi, bashorat berishni yoqtirmayman. Lekin, bemalol yaxshi natija qilishlari mumkin. Bunday o‘yinlarda darvozabon vaziyatlarni bartaraf etsa, bu jamoaga dalda bo‘ladi. Kecha yigitlar yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Hamma nara bosqichma-bosqich bo‘ladi. Hozirgi birinchi masala guruhdan chiqib olish. Men bu yo‘lda jamoamizga omad tilab qolaman. Qolgani Allohdan. Ko‘p narsa omadga ham bog‘liq. Jamoa yaxshi shakllangan. Ular Osiyo chempioni sifatida harakat qilishadi. Hech narsa yo‘qotilmadi, juda mazmunli o‘yin ko‘rsatishdi. Nodirbek Abdurazzoqovda ham oxirgi soniyalarda imkoniyat bor edi. Shu vaziyatlardan foydalanilsa, yomon bo‘lmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi