Coca Cola Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Turon"- OKMK uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Bushuyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yin haqida
- Hozirgi vaqtda bizga har bir ochko o‘ta muhim. Jamoamga bu kabi xarakter ko‘rsatgani uchun rahmat aytaman. Erkakcha sabr uchun minnatdorman. Kiyinish xonasida ham futbolchilarga rahmat aytdim. Har doim ham o‘yinni nazorat qilgan jamoa g‘alaba qozonavermaydi. Yana qaytaraman, har bir ochko oltindek qadrga ega.
- Raqib bir kishi kam bo‘lsa ham siz durangni saqlab qolishga ko‘rsatma berdingizmi?
- Yo‘q, bunday topshiriq bo‘lmadi.
- Norbekovni nega bunchalik kech almashtirdingiz?
- O‘zgarish vaqtida bo‘ldi. Norbekov birinchi bo‘limda katta hajmdagi ishni qildi. Ikkinchi taymda ham unga o‘zini ko‘rsatish uchun vaqt berdik. Men bu o‘zgarishni kech demagan bo‘lardim. Hammasi yaxshi. Bugun oddiy vaziyatlarda juda ko‘p to‘p yo‘qotdik. Raqib qizil olganda o‘yinni nazorat qilishni talab qildim, ammo hozirgi darajamizda bu darajadagi o‘yinni qila olmayman.
- Keyingi o‘yin "Andijon"ga qarshi o‘yin. Bu o‘yinda tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladimi?
- Ko‘ramiz, tiklanib olishimiz kerak. Ko‘pgina o‘yinchilar u yoki bu sabab bilan o‘ynay olmasliklari mumkin. Ko‘ramiz. Tarkibimiz u qadar keng emas.
- Har bir ochko oltinga teng bo‘lyapti demoqdasiz. Keyingi o‘yinda ikkita hujumchi bilan o‘ynashga qanday qaraysiz?
- Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bugun uchta hujumchi bilan o‘ynadik. Bunda muammo ko‘rmayaman.
- Oxirgi o‘yinlarda natija sal pasaygani sababli muxlislar soni ham kamaydi...
- Muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ularning noroziligini tushunaman. Qo‘proq ishlasak, ularni xursand qila olishimizga ishonaman.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi