Evro–2016, D guruhi. Chexiya termasi irodali o‘yin ko‘rsatib, Xorvatiya bilan durang o‘ynadi

Evropa chempionati “D” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Chexiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi. Bu haqda "Fut.uz" xabar berdi.
Uchrashuvning 37 daqiqasida Ivan Perishich hisobni ochgan bo‘lsa, 59 daqiqada Ivan Rakitich hisobni oshirdi.
75 daqiqada Shkoda boshi bilan bergan zarbasi orqali Subashich darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida esa Mark Klattenburg Xorvatiya darvozasiga penalti belgilandi. Nesid undan unumli foydalandi va hisobni 2:2 qildi.
Shunday qilib, Chexiya 0:2 hisobida imkoniyatni boy bera turib, irodali o‘yin evaziga durang qayd etdi.
Evro–2016. “D” guruhi, 2-tur
Chexiya – Xorvatiya 2:2
Gollar: 0:1 – 37 Perishich, 0:2 – 59 Rakitich, 1:2 – 75 Shkoda, 2:2 – 90, penalti Nesid.
Chexiya – Chex, Gubnik, Limberski, Kaderjabek, Sivok, Rosiski, Darida, Kreychi, Plashil (Nesid, 86), Skalak (Shural, 67), Lafata (Shkoda, 67).
Xorvatiya – Subashich, Chorluka, Strinich (Vrsalko, 90), Srna, Vida, Badel, Modrich (Kovachich, 62), Rakitich (Shildenfeld, 90), Brozovich, Perishich, Manjukich.
Ogohlantirishlar: Badel (14), Sivok (72), Brozovich (74). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing