O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchisi Behruz Asqarov Argentinaga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
— Argentinaga qarshi uchrashuvdan so‘ng press-sentrdagi xorijlik mutaxassislar tomonidan o‘zbekistonlik futbolchilar ichida eng yaxshi o‘yinchi sifatida qayd etildingiz. Bunday e’tirofga qanday munosabat bildirasiz?
— Eng yaxshi o‘yinchi deb topilganimdan xursandman. Menimcha, jamoamiz tarkibida yomon o‘yinchining o‘zi bo‘lmadi. 1-turdagi xatti-harakatlarim o‘zimga ma’qul keldi.
— O‘tgan yili ham O‘zbekiston Argentinaga qarshi bellashgandi, o‘sha raqib bilan hozirgisining o‘rtasida qanday tafovut bor?
— Farq unchalik katta emas. Jamoa tarkibiga 2-3 nafar tajribali futbolchilar qo‘shilgan, shuningdek, gollar urilishida aynan tajriba katta rol o‘ynadi. O‘tgan yilgi bellashuv agressiv ruhda o‘tgandi. Mening maydondagi vazifam raqib hujumlarini buzishga qaratilgandi. O‘shanda ikkinchi sariq kartochka tufayli chetlatilgan edim.
— Argentinadan to‘p o‘tkazib yuborishimizda darvozabon ham xatolarga yo‘l qo‘ydi. Boymurodov haqida qanday fikrdasiz, uning qahramonliklari qayerga g‘oyib bo‘ldi?
— Buni futbol deydilar, unda har doim siz o‘ylagan narsa bo‘lavermaydi. Shaxsiy fikrimcha, Otabek Argentinaga qarshi yomon o‘yin ko‘rsatmadi.
— Keyingi raqib haqida qanchalik ma’lumotga egasiz? Aynan sizning pozitsiyangizda to‘p tepadigan raqib futbolchisini o‘rgandingizmi?
— Har bir jamoaga qarshi o‘yin oldidan ularni o‘rganamiz va xatolarni to‘g‘rilab, keyingi o‘yinda g‘alaba uchun borimizni beramiz.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi