176
Superliga. “Navbahor” safarda “Bunyodkor”ni tor-mor etdi, “Andijon” esa “Qizilqum”ni mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 22 may, dushanba kuni o‘tkazildi.
“Navbahor” safarda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ldi va 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Namanganliklar safida Oston O‘runov dublga erishgan bo‘lsa, Jamshid Boltaboyev, Igor Golban va Abrorbek Ismoilov o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Toshkent klubi tarkibida Jasur Hakimov bitta gol muallifiga aylandi.
“Andijon” esa o‘zida “Qizilqum”ni qabul qildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hujumkorlikni oshirib, hisobni ochdi. 59-daqiqada Ilhom Alijonov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. O‘yin oxirida Rubin Xebay penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
11-tur bahslaridan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
Foto: PFL
“Bunyodkor” – “Navbahor” 1:5
Gollar: 0:1 — 14 Jamshid Boltaboyev, 0:2 — 20 Igor Golban, 0:3 — 22 Abrorbek Ismoilov, 0:4 — 28 Oston O‘runov, 0:5 — 37 Oston O‘runov, 1:5 — 76 Jasur Hakimov.
“Bunyodkor”: 32. Suhrob Sultonov, 2. Aleksey Nosko, 6. Avazbek O‘lmasaliyev (10. Rasul Yo‘ldoshev, 61(25. Muhammadsafo Fozilov, 86), 7. Akbarjon Ismatullayev, 8. Shohruh Abdurahmonov, 11. Igor Ivanovich, 15. Jasur Hakimov (99. Umidbek Sultonov, 86), 17. Viktor Sotnikov (5. Jasurbek Yoqubov,30), 22. Usmonali Ismonaliyev, 33. Doniyor Mannopov (14. Ahmadjon Anvarov,61), 34. Suhrob Izzatov.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 7. Oston O‘runov (77. Asadbek Sobirjonov, 60), 10. Jamshid Iskandarov (9. Farruh Ikramov, 86), 14. Jamshid Boltaboyev, 17. Abrorbek Ismoilov, 21. Temurxo‘ja Abduxoliqov (11. Shohruz Norxonov, 60), 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich (8. Jasurbek Yaxshiboyev, 60), 27. Shahboz Jo‘raboyev (24. Davronbek Hoshimov, 79).
“Andijon” – “Qizilqum” 2:0
Gollar: 1:0 — 59 Alijonov, 2:0 — 90+8 Xebay (penalti)
“Andijon”: 72. Igor Litovka, 4. Dilshodjon Komilov (21. Ildar Mamatkazin 72), 8. Farhodbek Bekmuratov, 9. Levan Arveladze (7. Boburbek Farhodov 90), 13. Sardorbek Azimov (11. Sardor Abdunabiyev 78), 14. Abdurahmon Komilov, 17. Farhodjon Sohibjonov (88. Nodari Kavtaradze 72), 26. Muhammadkarim Toirov (10. Ilhomjon Abdug‘aniyev 72), 28. Islombek Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijanov, 99. Rubin Xebay.
“Qizilqum”: 35. Javohir Ilyosov, 4. Ilhomjon Vahobov, 5. Samandar Shukurillayev, 6. Murodbek Rahmatov, 10. Islom Kenjaboyev, 11. Jasur Xolto‘rayev (7. Davron Anvarov 73), 13. Nikolay Tarasov, 23. Sherali Jo‘rayev, 26. Viktor Chukvuemeka Mbaoma, 79. Diyor Rahmatilloyev (77. Oybek Nurmatov 73, 32. Bobomurod Bozorov 86), 87. Alisher Sanoyev.
Ogohlantirishlar: Dilshodjon Komilov (16), Sardorbek Azimov (36), Alisher Sanoev (45+2), Abdurahmon Komilov (80).
Chetlatish: Murodbek Rahmatov (90+6).
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi