06:23 / 24.05.2023
317

Ravshan Haydarov: "Otabek Boymurodov boshqa posbonlardan har tomonlama kuchliroq"

Ravshan Haydarov: "Otabek Boymurodov boshqa posbonlardan har tomonlama kuchliroq"
20 yoshgacha o‘tayotgan jahon chempionatining 2-turi doirasidagi O‘zbekisiton — Yangi Zelandiya uchrashuvidan so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yin haqida fikr bildirdi.
 
- O‘yin haqida fikringiz?
- Bugun qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik. Afsuski, yana muhim ochkolarni boy berdik. Lekin bizda imkoniyat bor. O‘yin so‘ngida yigitlar yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira oldi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
 
Yangi Zelandiyaning tartibli o‘yinimi yoki o‘zimizdagi psixologik muammolarmi g‘alaba qozonishga to‘sqinlik qildi. Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirish lozim, chunki golsiz g‘alabalar bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limda ko‘pgina vaziyatlar yaratdik. Ming afsuski, ularni golga aylantira olmadik. Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ustunlikka erishdik, ammo ikkita qarshi hujum natijasida jazolandik. Raqib jamoa xatolarimizdan unumli foydalanishdi. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda o‘yinni qutqarib qoldik. Bizda bir ochko mavjud. Keyingi o‘yinda g‘alaba uchun harakat qilamiz.
 
- Ikkinchi o‘yindirki, darvozabonimizda kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Nega boshqa posbonlarga imkoniyat berilmayapti?
- Nazarimda, Otabek boshqa posbonlardan har tomonlama kuchliroq bo‘lgan birinchi raqamli darvozabonimiz sanaladi. Darvozabonlar murabbiyi ham shunday fikrda. Ehtimol, turnir davomida boshqa posbonlarga ham imkoniyat taqdim etamiz.
 
- Bugungi bahsda Abdurazzoqov asosiy tarkibda maydonga tushirildi, ammo tanaffusda zaxiraga olindi. Uning o‘yinidan qoniqish hosil qilmadingizmi?
- Abdurazzoqov yomon o‘ynamadi. Maydonda aktiv harakat qildi. Ammo bizga zarbalar va gollar kerak edi. Unga raqib himoyachilari imkon berishmadi. Shu bois, ikkinchi bo‘limda boshqa variantlarni qidirdik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: "Otabek Boymurodov boshqa posbonlardan har tomonlama kuchliroq"