12:17 / 24.05.2023
150

Nodirbek Abdusattorov amerikalik shaxmatchini mag‘lub etib, ChessKid Cup—2023 finaliga chiqdi

Nodirbek Abdusattorov amerikalik shaxmatchini mag‘lub etib, ChessKid Cup—2023 finaliga chiqdi
Foto: FIDE
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2731) shaxmat bo‘yicha ChessKid Cup—2023 onlayn musobaqasi finaliga yo‘llanma oldi.
 
Yarim finalda o‘zbekistonlik shaxmatchi AQSH vakili Fabiano Karuanani (2764) 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi yarim finalda niderlandiyalik Yorden van Forest germaniyalik Dmitriy Kollarsni yutdi (2,5:1,5).
 
Abdusattorov hamda van Forest o‘rtasidagi final bahsi 24 may kuni o‘tkaziladi.
 
Avvalgi bosqichda Nodirbek fransiyalik Jyul Mussarni mag‘lub etgandi.
 
Yutqazganlar setkasi 1-bosqichida Alireza Firuzja Hikaru Nakamurani (1,5:0,5), Jyul Mussar esa Aleksandr Shimanovni (2:0) mag‘lub etdi.
 
Shu tariqa mag‘lublar setkasining chorak finalida Karuana Firuzjaga qarshi dona sursa, Kollars Mussar bilan o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov amerikalik shaxmatchini mag‘lub etib, ChessKid Cup—2023 finaliga chiqdi