O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bir necha soat oldin bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichiga tashlangan qur’a natijalari bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
"Qur’a bo‘lib o‘tdi, raqiblarimiz ma’lum. Albatta guruhdagi uchta raqib orasida eng jiddiysi Eron. Lekin bu yerda qo‘rqadigan joyi yo‘q, deb o‘ylayman. Nasib qilsa, uyda o‘ynaymiz. Birinchi o‘rin bilan chiqishga harakat qilamiz. Tayyorgarlik ko‘ramiz. Maqsadimiz aniq. Osiyo kubogiga yo‘llanma olib, u yerdan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak.
Eron bilan oxirgi turda o‘ynaymiz. Guruh g‘olibligi uchun ular bilan kurash olib borishimiz aniq. O‘tgan Osiyo kubogida Eron bilan guruhda to‘qnash kelgan edik. Ozmi-ko‘pmi ma’lumotga egamiz. Afg‘oniston va Gonkong haqida ma’lumot to‘playmiz. Bizga Eron tushganining hikmati bordir, kuchli raqib balki kamchiliklarimizni ko‘rsatib berar. Kuchimiz va imkoniyat darajamizni bilamiz. O‘sha pallada optimal formada bo‘lib, yaxshi natija bilan muxlislarni xursand qilamiz", - deydi Timur Kapadze.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi