22:44 / 26.05.2023
117

Superliga. OKMK ishonchli hisobda g‘alaba qozondi, “Neftchi” “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi

Superliga. OKMK ishonchli hisobda g‘alaba qozondi, “Neftchi” “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi
Foto: “Neftchi”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 26 may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
 
“OKMK” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Olmaliqliklar tarkibida Martin Boake, Anzur Ismoilov va Siyavash Haqnazariy gol muallifiga aylandi. Mehmonlar tarkibida Humoyunmirzo Iminov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
 
Mirjalol Qosimov jamoasi ochkolarini 20 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Buxoro” esa 7 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
 
“Neftchi” safarda “Qizilqum” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 18-daqiqasida Toma Tabatadze penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Islomjon Toshpo‘latov muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar nishonga olinmadi va uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.
 
Navoiyliklar 6 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan, “Neftchi” esa ochkolarini 21 taga yetkazib, 3-o‘rinda turibdi.
 
“OKMK” – “Buxoro” 3:1
Gollar: 0:1 — 11 Humoyunmirzo Iminov, 1:1 — 35 Martin Boake, 2:1 — 68 Anzur Ismoilov, 3:1 — 83 Siyavash Haqnazariy.
“OKMK”: 1. Botirali Ergashev, 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov (4. Mirjamol Qosimov, 87), 8. Abdulla Abdullayev, 9. Ruben Sanches (14. Mirjahon Mirahmadov, 59), 10. Xurshid G‘iyosov, 11. Irakli Ruhadze (19. Muhammadanas Hasanov, 59), 17. Sanjar Tursunov (13. Eldorbek Begimov, 75), 27. Martin Boake (15. Oybek Rustamov, 75), 29. Vitaliy Denisov, 88. Siyavash Haqnazariy.
“Buxoro”: 20. Sardor Qobuljonov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 9. Aleksandr Kasyan (22. Ro‘zimboy Ahmedov, 74), 10. Humoyunmirzo Iminov, 15. Obid Jo‘raboyev, 17. Jamoliddin Ubaydullayev (24. Sardor Izzatov, 86), 25. Abbos Otaxonov, 70. Aleksandr Stanisavlevich (77. Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 86), 80. Farrux Ibrohimov, 91. Asiljon Begimqulov (6. Bekzod Kamolov, 86), 99. Javohir Ro‘ziyev (88. Vsevolod Nixayev, 30).
Ogohlantirishlar: Abdulla Abdullayev (6), Dilshod Jo‘rayev (32), Sardor Qobuljonov (35), Asiljon Begimqulov (48).
 
“Qizilqum” – “Neftchi” 1:1
Gollar: 0:1 — 18 Toma Tabatadze (penalti), 1:1 — 42 Islomjon Toshpo‘latov.
“Qizilqum”: 35. Javohir Ilyosov, 2. Avazxon Mamatxo‘jayev (11. Jasur Xolto‘rayev, 24), 4. Ilhomjon Vahobov, 5. Samandar Shukurillayev, 10. Islom Kenjaboyev, 13. Nikolay Tarasov, 23. Sherali Jo‘rayev (32. Bobomurod Bozorov 75), 25. Azizbek Usmonov, 30. Islomjon Toshpo‘latov, 79. Diyor Rahmatilloyev, 87. Alisher Sanoyev.
“Neftchi”: 12. Vladimir Nazarov, 2. Zoir Jo‘raboyev, 8. Nurillo To‘xtasinov (24. G‘ulom Haydar G‘ulomov 46), 9. Ulug‘bek Hoshimov (28. Fozil Musayev 70), 13. Lutfulla To‘rayev (7. Umar Adhamzoda 70), 19. Mirzohid G‘ofurov (11. Izzatilla Abdullayev 70), 20. Anvarjon G‘ofurov, 22. Toma Tabatadze (35. Murodbek Bobojonov 74), 23. Diyorjon Turopov, 26. Oleksey Larin, 70. Abbosjon G‘ulomov.
Ogohlantirishlar: Mirzohid G‘ofurov (31), Sherali Jo‘rayev (56), Ilhomjon Vahobov (66), Murodbek Bobojonov (83), Izzatilla Abdullayev (90+3).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. OKMK ishonchli hisobda g‘alaba qozondi, “Neftchi” “Qizilqum” bilan durang o‘ynadi
ePN