OKMK hamda "Buxoro" o‘rtasidagi Superliganing 12-tur o‘yinidan (3:1) so‘ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqidagi fikrlaringiz?
- Uch ochkoni qo‘lga kiritdik va shu eng muhimi. Qiziqarli uchrashuv guvohi bo‘ldik. O‘yin avvalida o‘tkazib yuborgan golimiz, ancha muammo tug‘dirdi. O‘yin so‘ngida esa yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozondik. "Buxoro" juda ham noqulay raqib. muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Biz yangi sxemada o‘ynamoqdamiz, uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynamoqdamiz. Eng muhimi uch ochkoni qo‘lga kiritdik.
- Yangi himoyaviy uslub haqida aytib o‘tdingiz. Ushbu mavsum "OKMK"ning himoyasi o‘tgan mavsum bilan solishtirganda kuchsizlangandek. Oldinda esa Chempionlar ligasining o‘tish o‘yinlari bor. Ushbu xatolarni kamaytirish bo‘yicha rejangiz bormi?
- Albatta, mehnat qilmagan inson xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. O‘yinlar orqali tajriba oshadi va xatolar bartaraf etiladi. Bunday muammo butun dunyoda bor, kuchli jamoalar ayrim vaziyatlarda oddiy xatolarga yo‘l qo‘yadi. Bu masala ustida ish olib bormoqdamiz.
- Bugungi g‘alaba qay darajada muhim, sababi o‘tgan turda jamoangiz Yaypanda ochko yo‘qotdi.
- To‘g‘risi oradan bir hafta o‘tdi va o‘tgan uchrashuv tarixga aylandi. Har bir uchrashuv biz uchun birdek muhim. Futbolchilar avvalambor chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislar uchun o‘ynashi kerak.
- "OKMK" jamoasi ko‘p holatlarda erta gol o‘tkazib yubormoqda va keyinchalik o‘yinga kirishib ketmoqda. Bunga sabab nima?
- Bunga sabab, biz har doim birinchi raqam bo‘lib harakat qilamiz. Bizga qarshi o‘ynash juda oson, biz ikkinchi raqam bo‘lib, himoyalanib o‘ynay olmaymiz. Bunday uslub menga mos emas. Men har doim yigitlarga chiroyli va hujumkor o‘yin namoyish etish kerakligini uqtiraman. Mag‘lub bo‘lsak ham, maydonni "mag‘rur" bo‘lib tark etishimiz kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi