114
“Andijon” “Turon” ustidan irodali g‘alabaga erishdi, “Metallurg” esa “Bunyodkor” bilan durang o‘ynadi
Foto: “Turon”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 27 may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Metallurg” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qildi. Uchrashuvning 17-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Damir Temirov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib, Jasur Hakimov ham penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. O‘yinning qolgan daqiqalarida gol urilmadi va jamoalar durannga imzo chekdi.
“Metallurg” 8 ochko bilan 11-pog‘onadan joy oldi, “Bunyodkor” esa 16 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
“Andijon” esa “Turon”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 12-daqiqasida Xurshid Muxtorov penaltidan gol urdi. 34-daqiqada Bilolxon Toshmirzayev qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va qolgan daqiqalarda “Turon” bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. 77-daqiqada Ilhomjon Alijonov muvozanatni tikladi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Rubin Hebay mezbonlarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Andijonliklar ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 15 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Turon” 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinda joylashgan.
“Metallurg” – “Bunyodkor” 1:1
Gollar: 1:0 — 17 Damir Temirov (penalti), 1:1 — 24 Jasur Hakimov (penalti)
“Metallurg”: 12. Aleksandr Lobanov, 4. Kerim Palich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 7. Husniddin G‘ofurov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10. Bektemir Abdumannonov, 11. Damir Temirov, 17. Vladislav Kasminin, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov, 91. Marko Obradovich, 97. Muhammadali Aliqulov.
“Bunyodkor”: 32. Suhrob Sultonov, 2. Aleksey Nosko, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 7.Akbarjon Ismatullayev, 8. Shohrux Abdurahmonov, 11. Igor Ivanovich, 15. Jasur Hakimov, 22. Usmonali Ismonaliyev, 33. Doniyor Abdumannopov (5. Jasurbek Yoqubov, 73), 34. Suhrob Izzatov.
Ogohlantirishlar: G‘ofurov (44), Abdurahmonov (45+2), Nosko (52), Palich (57), Yoqubov (80).
“Andijon” – “Turon” 2:1
Gollar: 0:1 — 12 Xurshidbek Muxtorov (penalti), 1:1 — 77 Ilhom Alijonov, 2:1 — 81 Rubin Hebay.
“Andijon”: 72. Igor Litovka, 4. Dilshodjon Komilov, 8. Farhodbek Bekmuratov (10. Ilhomjon Abdug‘aniyev, 46), 9. Levan Arveladze, 13. Sardorbek Azimov (88. Nodari Kavtaradze, 63), 14. Abdurahmon Komilov (5. Abdulvohid G‘ulomov, 46), 17. Farhodjon Sohibjonov (19. Suhrob Berdiyev, 75), 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijanov (21. Ildar Mamatkazin, 90+3), 99. Rubin Hebay.
“Turon”: 35. Rahimjon Davronov, 4. Asliddin Toshtemirov (55. Xushnudbek Avilov, 78), 10. Humoyun Murtozayev (11. Shohnazar Norbekov, 46), 14. Xurshidbek Muxtorov, 15. Nikola Kumburovich, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (7. Azimjon Ahmedov, 90), 18. Abdug‘ani Kamolov, 21. Azam Aliyev (9. Aziz Ibragimov, 90), 44. Anri Chichinadze, 45. Asadbek Saitxonov (19. Sardor Abduraimov, 84), 77. Bilolxon Toshmirzayev.
Ogohlantirishlar: Abdurahmon Komilov (21), Anri Chichinadze (22), Rahimjon Davronov (61).
Chetlatish: Bilolxon Toshmirzayev (34).
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi