Bugun Coca Cola Superliga 12-tur o‘rin olgan "Navbahor" – "Olimpik" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
- Muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Judayam zo‘r o‘yin bo‘ldi, hamma rohatlandi. Biz o‘yinni yaxshi boshlandik. Bugun hamma narsa o‘xshadi. Yigitlardan minnatdorman. Realizatsiya masalasiga yana to‘xtalmoqchiman. Ikkinchi taymda hisoblagi farqni yanada oshirishimiz mumkin edi. Umuman olganda o‘yin yaxshi bo‘ldi. Adolatli hisob, biz g‘alabaga munosib edik. Oldinga harakat qilishda davom etamiz.
- Oxirgi ikkita o‘yinda jamoa hujumkorlikni oshirdi. Oldinlari "Navbahor" bitta gol urib olib, keyin himoyaga e’tibor qaratardi. Bu sizning ko‘rsatmalaringiz natijasini yoki futbolchilarning mahorati?
- Oldingi o‘yinda ham "Navbahor" tarkibida 10 ta yangi o‘yinchi borligini aytgandim. Bugun besh yoki olti nafar yangi o‘yinchilar maydonga tushishdi. Bizga vaqt kerak edi. Jamoa o‘z yo‘lini topib olishiga vaqt talab qilinadi. Hujumkor o‘yinni esa ikki jihat bilan izohlamoqchiman. Birinchisi bu biz optimal tarkibda o‘ynashni boshladik. Jarohatlar va diskvalifikatsiyadan qutilib oldik. Ikkinchi jihat esa yangi futbolchilarning jamoaga ko‘nikib olishi. Bunga ham 8-9 o‘yin talab etiladi. Hozirda esa "Navbahor"ning ma’lum bir uslubi bor. Keyingi o‘yinlarda ham sifatli futbol ko‘rsatib, o‘z ochkolarimizni to‘plashda davom etamiz.
- Oxirgi daqiqada Ibrohim Yo‘ldoshev jarohat olib, maydonga yotganida siz unga tezroq o‘rnidan turib, o‘yinni davom ettirishini aytdingiz. Vaholanki, o‘yin sizning foydangizga hal bo‘layotgandi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Ochig‘ini aytsam, oldingi va ushbu mavsumda bir necha jamoalar o‘yin vaqtini ochiqchasiga cho‘zishayotganini guvohi bo‘ldik. Bu "Navbahor"ning uslubi emas. To‘g‘ri, o‘yinchiga yordam ko‘rsatilishi ham mumkin edi, ammo men unga o‘ynash kerakligini aytdim. Bu kabi o‘yinlar muxlislarga qoniqish hissini bermaydi.
- Bir necha kundan so‘ng jamoa kubok o‘yinini o‘tkazadi. "Navbahor" deyarli guruh masalasini hal qilgan. O‘yinga ikkinchi tarkib tushiriladimi yoki asosiy tarkibmi?
- Maydonga kim tushsa ham biz faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz. Ba’zi rotatsiyalarni amalga oshirishim mumkin, ammo baribir g‘alaba uchun harakat qilamiz. O‘yinga yaqin tarkibni aniqlaymiz. Kim maydonga chiqmasin, "Navbahor" sha’nini munosib himoya qiladi.
- "Bunyodkor"ga qarshi o‘yin natijasi jurnalistlar tomonidan shubha ostiga qo‘yildi. Sizdan o‘sha uchrashuvning birinchi bo‘limida nimalar sodir bo‘lganini chuqurroq taxlil qilib berishingizni so‘ragan bo‘lardim.
- O‘sha o‘yinda biz to‘pni raqibga bermasdan, ularni hujum qilish imkoniyatidan mahrum qildik. Shu bilan birga o‘yinchilarimizning individual mahorati ham shu kabi natijaga sabab bo‘ldi. Sariq kartochkalar sabab ikkinchi bo‘limda biroz o‘zgarishlar qildik. Buning oqibatida birinchi bo‘limdagi holatni yana takrorlashning imkoni bo‘lmadi. Yigitlar ikkinchi bo‘limda ham zo‘r harakat qilishdi. Pozitsion himoyani ham ushladik va raqibga hech qanday imkoniyat bermadik. "Bunyodkor"ga qarshi birinchi bo‘lim 2023 yilda "Navbahor" o‘tkazgan eng zo‘r taym bo‘ldi. Mana shu taym qanday o‘ynash kerakligi uchun etalon hisoblanadi. O‘sha o‘yinda o‘zini ko‘rsatgan nom shu tarzda davom etishi kerak. "Navbahor" aynan shu darajada o‘ynashi kerak, boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Bugungi muxlislarni ko‘rdingizmi? Ular har bir vaziyatdan rohat olishdi. Biz ular uchun o‘ynaymiz.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi