Yevropa Ligasi. “Sevilya” penaltilar seriyasida “Roma”ni mag‘lub etib, kubok sohibiga aylandi

Yevropa Ligasi. “Sevilya” penaltilar seriyasida “Roma”ni mag‘lub etib, kubok sohibiga aylandi
Yevropa Ligasi. “Sevilya” penaltilar seriyasida “Roma”ni mag‘lub etib, kubok sohibiga aylandi
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi finalida “Roma” va “Sevilya” jamoalari 31-may, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Paulo Dibala rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa ispanlar ham xavfli hujumlarini boshladi. 55-daqiqada Janluka Manchini o‘z darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.

Qo‘shimcha bo‘limlar ham teng kurashlar ostida kechdi va gol urilmadi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa “Sevilya” 4:2 hisobida zafar quchdi va Yevropa Ligasi sohibiga aylandi.


Yevropa Ligasi

Final

31-may, chorshanba

“Sevilya” (Ispaniya) – “Roma” (Italiya) 1:1

Penaltilar seriyasi: 4:2

Gollar: 0:1 – 34 Dibala, 1:1 – 55 Manchini (avtogol).

“Sevilya”: Bunu, Navas (Montel, 95), Bade, Gudel (Markao Teysheyra, 120), Telles (Rekik, 95), Rakitich, Fernando (Jordan, 120), Okampos, Oliver Torres (Suso, 46), Xil (Lamela, 46), En-Nesiri.

“Roma”: Ruy Patrisiu, Chelik (Zalevski, 90), Smolling, Manchini, Rojer, Spinassola (Lyorente, 105), Matich (Bove, 120), Kristante, Pellegrini (ash-Shaaravi, 105), Dibala (Veynaldum, 68), Abraham (Belotti, 75).

Ogohlantirishlar: Matich (22), Rafa Mir (36), Pellegrini (45), Manchini (48), Kristante (65), Rakitich (65), Chelik (74), Zalevski (105), Lamela (109), Jordan (120), Montel (120), Okampos (120), Karsdorp (120).

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar