Italiya chempionatining so‘nggi turida “Spetsiya” safar uchrashuvida “Roma” mehmoni bo‘ladi. Bu liguriyaliklar uchun yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun yagona imkoniyat. Rimliklar bu mavsum hozirgi holatidan ortig‘iga da’vo qila olmaydi. Ular 38-tur uchrashuvini o‘tkazishi bilan kelasi mavsum tayyorgarligini boshlab yuboradi.
Bugungi kunda “Spetsiya” va “Roma”ni faqat Eldor Shomurodov bog‘lab turibdi. Rimliklarga tegishli bo‘lgan o‘zbek legioneri ijaradagi jamoasida so‘nggi uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda.
Shu bois, “Roma” va “Spetsiya” bahsi atrofidagi voqealarni yoritayotgan ommaviy axborot vositalari Eldor Shomurodovni ham qalamga olmoqda. Xususan, www.cittadellaspezia.com sayti jurnalisti Nikkolo Pasta navbatdagi maqolasini “Roma” ustozi Joze Mourino va uning talabi bilan rimliklar safiga olib kelingan Eldor Shomurodovga bag‘ishladi.
Maqola shunday boshlanadi:
...2019 yilning qishidja Moskva restoranlarining birida Joze Mourino yoniga bo‘yi baland yigit kelib, birga suratga tushdi. Bu portugaliyalik murabbiy futbol elitasiga qo‘shilganidan beri uning uchun odatiy holatga aylangan vaziyat edi.
Oradan ikki yil o‘tib, bu yigit Joze Mourino bilan birlashdi. Taniqli murabbiy “Roma”ni qariyb 20 million yevro sarflab, Italiyadagi debyut mavsumida porlagan Shomurodovni “Jenoa”dan transfer qilishga ko‘ndirdi.
Eldor Shomurodov Joze Mourino bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Surat olingan payt u “Rostov”da o‘ynardi. Bu klub unga A Seriyadagi faoliyatini boshlash imkonini berdi.
Shomurodov yuqori saviyali hujumchi bo‘lsa-da, u Italiyaning eng zo‘r jamoalaridan biri libosini kiyishiga hech kim ishonmagan edi...
Joze Mourino 2021 yili “Roma” uchun ishlab chiqqan o‘yin uslubida Eldor Shomurodov timsolida “Chelsi” tarbiyalagan Temmi Abraxam bilan yelkama-yelka o‘ynaydigan futbolchini ko‘rdi. Shomurodovning ham orzusi amalga oshdi. Mourino har doim o‘zbek futbolchisining kumiri bo‘lib kelgan.
Biroq, uning Rimdagi debyut mavsumi kutganidek chiqmadi. Maydonda ming daqiqa harakat qilib, beshta gol urdi, lekin Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi.
Keyinchalik Shomurodov intervyularidan birida Joze Mourino bilan munosabati avvalgidek zo‘r emasligini tan oldi. Xuddi, hujumchi va murabbiy o‘rtasida biron nima bo‘lgandek edi. Eldor poytaxtga kelganiga bir yil to‘lganida boshqa klublarga transfer masalasi ko‘tarildi. Lekin “Roma” 2022 yilning yozida birorta jamoa taklifini qabul qilmadi va Shomurodov ikkinchi planda bo‘lsa-da, jamoada qoldi.
Bir necha daqiqaga o‘ynagan Shomurodovni so‘rab bir necha jamoa yanvarda “roma” eshigini qoqdi. Xaridor ko‘p, muzokaralar murakkab bo‘ldi. Biroq, “Spetsiya” bu savdoda muvaffaqiyatli chiqdi. Mavsum oxirigacha legionerni o‘zida o‘ynatib, maoshining katta qismini to‘laydigan bo‘ldi. Bu masala iyun oyida davom ettirilishi kutilmoqda.
Xullas, Shomurodov faoliyatini qayta tiklash uchun “Roma”ning orqa eshigidan chiqib ketdi. O‘zbek hujumchisini hamma yaxshi kutib oldi. Mourino uni maqtadi va yangi jamoasidagi ishlariga omad tiladi.
Mana oradan bir necha oy o‘tib, Eldor Shomurodov yana Rimga qaytmoqda. O‘zbek hujumchisida “Spetsiya” tarixiga o‘z nomini muhrlash uchun to‘qson daqiqa imkoniyat bor, - deb yozmoqda Nikkolo Pasta.
Eslatib o‘tamiz, “Roma” va “Spetsiya” o‘rtasidagi uchrashuv 4 iyun kuni tungi soat 01:00 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi