231
Samvel Babayan: "Asosiy tarkibda tushgan ayrim futbolchilar o‘z darajasini ko‘rsata olmadi"
O‘zbekiston Kubogi 3-turi doirasida "Olimpik"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Kubok doirasidagi ushbu o‘yin guruhda jamoalarning qaysi o‘rinlarni egallashini aniqlab berdi. O‘yingacha biz pley-off bosqichini hal qilib bo‘lgandik. Bu borada yigitlar bilan gaplashib olgandik. Bugun esa juda yomon o‘yin namoyish qildik. Tezlik, konsentratsiya yetishmadi. Ayrim futbolchilar esa maydonda deyarli ko‘rinmadi. "Olimpik"ni g‘alaba bilan tabriklayman, ular guruhdan chiqish uchun borini berib harakat qilishdi, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Umuman olganda, bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Termalarning o‘yinlari yaqinlashib kelmoqda, bu esa klublarga biroz dam beriladi degani. Biroq jamoa uchun bu ta’sir qilmasligi kerak. Chunki muxlislarimiz oldida biroz qarzlarimiz bor. Va har bir o‘yinda biz bor kuchimiz bilan o‘ynab, sifatli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.
- Toshkentdagi o‘yinlar "Navbahor" uchun qiyin o‘tyapti. Bu nima bilan bog‘liq?
- Faqatgina bu yerdagi emas barcha o‘yinlar shunday o‘tmoqda. Keling, bu kubok o‘yini bo‘lgani uchun e’tibordan chetda qoldiramiz. Chunki bu o‘yinning ahamiyati boshqacha. Turnir jadvalidagi holat muhim ahamiyat kasb etadi. Balki, o‘yinga bo‘lgan ruhiy tayyorgarlik ham muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, fikr bildirish qiyin. Masalan, chempionatda parokanda bo‘lib ketgan o‘yinlarimiz yo‘q. Chempionatda mag‘lub bo‘lgan o‘yinlarimizda eng kamida durangga loyiq edik. Bugun esa to‘g‘risini aytaman, jirkanchli o‘yin ko‘rsatdik.
- Bugungi mag‘lubiyat jamoaning ruhiy holatiga qanday ta’sir o‘tkazadi?
- Ilk navbatda, biz asosiy tarkibda tushmayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Bu esa fikrlashga biroz ta’sir o‘tkazadi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashishga jamoada zahira o‘rindig‘i ham uzun bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Shuningdek, maydonga tushadigan futbolchilarning sifati ham belgilangan darajada bo‘lishi lozim. Afsuski, bugungi o‘yin orqali biz ko‘p narsalarni ko‘rib oldik. Hozircha jamoa yuqori jismoniy holatiga kirib olmadi. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Bu bahs barcha tomonlama foydali bo‘ladi. O‘yinni chuqur tahlil qilib chiqamiz, xatolarni ko‘ramiz, shuningdek, shu orqali tarkibni optimallashtirishni ham ko‘rib chiqamiz. Umuman olganda buni bir marta amalga oshirgandik ham. Navbatdagi bosqichga chiqqanimiz sababli rotatsiya qilib ko‘rgandik. Afsuski, asosiy tarkibda tushgan ayrim futbolchilar o‘z darajasini ko‘rsata olishmadi.
- Demak, ikkinchi davrada tarkibni kuchaytirish ishlari bo‘lib o‘tadi.
- Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Hozircha bizni barchasi qanoatlantirmoqda. Klub o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlamoqda. Shuningdek, bizda belgilangan budjet bor. Undan ko‘prog‘ini ishlatib tashlay olmaymiz. O‘z vaqti kelganida tarkib borasida ham o‘ylaymiz. Ayni damda bir qancha futbolchilar yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishmayapti. Balki, shu sababli ular o‘z darajasini yo‘qotib qo‘yishgandir. Shu boisdan tajriba va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ayrim futbolchilarni ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqarmiz. Natija sababli barcha futbolchiga imkoniyat bera olmaymiz. Chunki natija bizga doimo bosim berib turadi. Tarkibni kuchaytirish borasidagi gaplarni hali birgalikda o‘ylab ko‘ramiz.
- "Olimpik" bilan Namangandagi bahs davomida Siz futbolchingiz maydonda yotib olganida uni tezroq o‘rnidan turib, o‘yinga qo‘shilishini talab qilgandingiz. O‘shanda Siz vaqtni cho‘zish futbolning zarariga ishlashini aytgandingiz. Bugun esa "Olimpik" futbolchilari o‘zlarini boshqacha tutishdi. Bu holatga qanday qaraysiz?
- Bunday holatlar tizimsiz bo‘ladi. Ha, raqiblar vaqt cho‘zgan bo‘lishi mumkin. Bunday narsalar murabbiylar shtabining yo‘nalishiga bog‘liq deb o‘ylayman. Futbol o‘yinlarida, ayniqsa, so‘nggi daqiqalarda bunday ayyorliklar ko‘p bo‘lib turadi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi