date

UEFA Xorvatiya futbol ittifoqini muxlislar tufayli 100 ming evro miqdorida jarimaga tortdi

UEFA Xorvatiya futbol ittifoqini muxlislar tufayli 100 ming evro miqdorida jarimaga tortdi

UEFAning Etika va intizom bo‘yicha mustaqil qo‘mitasi Xorvatiya futbol ittifoqiga (HNS) 100 ming evro miqdorida jarima tayinladi. Bu xaqda "Kun" nashri xabar berdi.

UEFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunga Xorvatiyaning Chexiyaga qarshi o‘yin vaqtida maydonga yonib turgan fayyorlar tashlangani, shuningdek, tribunada muxlislarning o‘zaro mushtlashgani, irqchilik ruhidagi so‘zlar qo‘llangani sabab bo‘ldi.

Xorvatiyaning Chexiyaga qarshi uchrashuvi 17 iyun kuni Sent-Etenda bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 86-daqiqasida tribunadan yonar mash’alalar tashlangach, o‘yin hakami Mark Klattenburg o‘yinni to‘xtatdi. 5 daqiqadan keyin maydon tozalanib, o‘yin davom ettirildi.

Xorvatiya futbol ittifoqiga "bezori" maqomidagi alohida muxlislarga keyingi o‘yinlar uchun chipta sotmaslik majburiyati yuklangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UEFA Xorvatiya futbol ittifoqini muxlislar tufayli 100 ming evro miqdorida jarimaga tortdi